Izoh.uz saytida oqla so‘zining izohi va ma’nolari

oqla

1. Ohak, boʻr kabi oq tusga kirituvchi narsalar bilan boʻyamoq.

  1. Devorni oqlamoq. Uyni oqlamoq.

  2. Daraxtlarning tanasini oqlab yurgan chol yengi bilan peshonasini arta turib, shiyponga qarab qichqirdi: Hoy Komiljon! S. Zunnunova, Olov

2. Ovqatga qatiq qoʻshmoq, qatiqlamoq.

  1. Moshxoʻrdani oqlamoq.

  2. Oyxon qoʻshquloqqa qatiq ivitib qoʻygan ekan, mastavani oqlab ichdilar. A. Muxtor, Kumush tola

3. Choyga sut aralashtirmoq.

  1. [Qutidor:] Toʻybeka, Kumushning choyini oqlab ber-chi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

4. maxs. Metall narsalarning sirtiga qalay yugurtirmoq.

  1. Mis qozonni oqlamoq.

5. Donni, gʻallani tuyib, poʻstini ajratmoq, tozalamoq.

  1. Oʻrta yashar xotin koʻylak yenglarini bilagigacha shimarib, toʻq-toʻq qilib, kelida sholi oqlaydi. S. Ahmad, Ufq

  2. Kuyovingiz objuvozda sholi oqlayapti. Tinch-omonlik, otasi. H. Gʻulom, Mashʼal

6. koʻchma Biror kishining gunohsiz ekanligini tasdiqlamoq, kimsani aybdor emas deb topmoq.

  1. Sud gunohsizlarni oqladi.

  2. [Hamida:] Men qizni oqlab, butun gunohni uning xoʻjayiniga, yosh qizni bu qadar berahm ekspluatatsiya qilgan kishiga qoʻymoqchiman. A. Qahhor, Adabiyot muallimi

  3. Qodir Nabigulga Holingga voy deganday qilib qaradi. Buni Nabigul fahmlab, oʻzini oqlashga kirishdi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak

7. Biror harakat yoki holatning toʻgʻriligini tasdiqlamoq, haq, toʻgʻri deb topmoq.

  1. Qiziga boʻlgan gʻazabini yuragi oqlasa, aqli qoralardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

  2. Qiz-juvonlarimizning egnidagi gʻalati-gʻalati kiyimlar haqida gap borganda, ularni nima deb oqlashni ham bilmaysan kishi. Gazetadan

oqla soʻzi qatnashgan jumlalar:

Ishonchni oqlamoq

Bildirilgan ishonchga munosib ish qilmoq.
  1. Bu yigit layoqatli, ishchan, shubhasiz, ishonchlaringizni oqlaydi. Sharq yulduzi

Ona sutini oqlamoq

Onaga mardlarcha xizmat qilib, uni rozi qilmoq, farzandlik burchini bajarmoq.

Tuzini oqlamoq

Oʻz panohiga olib boqqan, tarbiya qilgan kishining xizmatiga yarasha xizmat qilmoq.
  1. Ulugʻ burchim tuzingni oqlamoqdir, Hamisha hurmatingni saqlamoqdir. Habibiy


OQLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ОҚЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
23054
So‘zning teskari yozilishi
alqo
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

oqla so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, oqla so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+