Izoh.uz saytida par so‘zining izohi va ma’nolari

par

1. ot Parranda tanasini qoplab turadigan yumshoq va nafis pat.

  1. Tovuqning pari,

  2. Yayrab havolarda bir qush uchadi Charcharkan, simlarni sekin quchadi, Yumshoq parlar bilan yopib yuzini. H. Olimjon

2. sft. Ichida pari boʻlgan, par solingan.

  1. Par yostiq. Par toʻshak.

  2. Keng taxta karavot. Ustiga choyshab yopilib, katta par yostiq qoʻyilgan. Derazaga oq shohi parda tutilgan. S. Nurov, Narvon

  3. Choʻtir xola uni gapga tutmay, par yostiq bilan yangi atlas koʻrpani taxmondan olib, Umid ustiga tashladi. Mirmuhsin, Umid

3. koʻchma ayn. Pagʻa 2.

  1. Yosh burgut uchmoqda koʻkda shiddatkor, Kumush bulutlarning toʻzgʻitib parin. A. Oripov, Yillar armoni

  2. Par bulutlar, marvarid qorlar Yuksak choʻqqi uzra qoʻygan bosh. A. Oripov, Yillar armoni

1. ayn. Juft 3.

  1. Bir par etik.

  2. Kechqurun par otli izvosh koʻchaning boshida toʻxtab, undan tergovchi tushdi. A. Qahhor, Sarob

  3. Uyda oyoq kiyimi bir necha par: chuvak, mahsi, sandal, kalish, tuflilar. Gʻ. Gʻulom

2. Birga ishlatiladigan ikkita bir xil narsaning biri, bittasi.

  1. Pari yoʻq paypoq.

3. Oʻz xislatlari bilan bir-biriga mos, teng ikki kishining biri.

  1. Bu yigit senga par emas.

  2. Qizim bor edi yakka, ismi Qamar, Oz erdi husn bobida unga par. S. Abdulla, Tohir va Zuhra

  3. Taʼrif-u tavsifingiz qilsam agar, afandim, Badjahllik bobida yoʻq sizga par, afandim. Guldasta

1. s.t. q. Bugʻ.

  1. Suyuqlikning parga aylanishi. Xonani par bilan isitmoq.

2. Qattiq moddalarning bugʻga aylangan holati.

  1. Kamfara pari. Simob pari.


PAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ПАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
23710
So‘zning teskari yozilishi
rap
Harflar soni
3
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

par so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, par so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+