Izoh.uz saytida pichoq so‘zining izohi va ma’nolari

pichoq

1. Dastaga oʻrnatilgan yassi va uzun tigʻli roʻzgʻor asbobi.

  1. Yoʻqolgan pichoqning sopi oltin. Maqol

  2. Oʻtmas pichoq qoʻl kesar. Maqol

  3. Yaxshi gap bilan ilon izidan, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar. Maqol

  4. Zokir ota qochish yoʻllarini yaxshi uqtirgach, yirtiq koʻn etigining qoʻnjidan bir pichoqni olib, sekin menga uzatdi. Gʻayratiy, Unutilmas kunlar

  5. Toʻlanboy soʻrida chordana oʻtirib olgan, pichoqni taxtaga taq-taq tegizib, sabzi toʻgʻrayapti. S. Ahmad, Ufq

2. tex. Turli asboblarning kesuvchi qismi.

  1. Goʻsht qiymalagich pichogʻi.

pichoq soʻzi qatnashgan jumlalar:

Pichoq tortmoq (yoki qoʻymoq)

Pichoq bilan kesmoq, soʻymoq.
  1. Mabodo hoʻkiz yomonlab qolguday boʻlsa, borib, darrov boʻgʻziga pichoq tortib yuborasan. Gʻ. Gʻulom, Shum bola

Pichoq (borib) suyakka yetmoq (yoki taqalmoq)

Chidam, bardosh tugamoq.
  1. Pichoq borib suyakka yetgandan keyin, nima qilsin bechora xalq K. Yashin, Hamza

  2. Hojiona Yoʻq, pichoq borib suyakka taqaldi. Hamza, Boy ila xizmatchi

Pichoq uchiday

Ozgina, zigʻirday.
  1. — Ey oʻrtogʻey, — dedi u, — nimasini soʻzlaysiz, shu zamonning qizlarida pichoq uchiday sharm-u hayo qolmadi. F. Gʻulom, Tanlangan asarlar

Pichoqqa ilinmaydi

Arzimaydi, arzigulik yeri yoʻq, arziguday emas.
  1. Pichoqqa ilinmaydigan hosil.

Pichogʻi keskir

Oʻtkir, gapi birovlarga oʻtadigan kishi.
  1. Hojimurod esa pichogʻi keskir raislar qatorida yurardi. U raykom sekretari bilan prokuraturadan boshqa rahbarlarni rahbar qatorida koʻrmasdi. S. Ahmad, Jimjitlik

Pichogʻi moy ustida

  1. — Ha, Sodiqjon boyvachchaga xudo bergan, — dedi Boʻronboy uchuriq qilib, — hamisha otgan oshigʻi olchi, pichogʻi moy ustida odam u! K. Yashin, Hamza

Oʻtmas pichoq bilan soʻymoq

Chidab boʻlmas darajada azoblamoq.
  1. [Odiljon:] Qayoqdan ham toʻyda oʻsha qiz bilan ashula aytdim, oʻyin tushdim, oʻshandan beri Gulchehra meni oʻtmas pichoq bilan soʻyib yuribdi. U. Nazarov, Gʻurur.


PICHOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ПИЧОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
23941
So‘zning teskari yozilishi
qohcip
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

pichoq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, pichoq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+