Izoh.uz saytida pir so‘zining izohi va ma’nolari

pir

1. Uzoq umr koʻrgan kishi; keksa (qari 2).

2. Diniy mazhab boshligʻi, diniy rahbar.

  1. Xudo xohlab, pirlar madadkor-u aziz avliyolar qoʻllab yuborsa, hammasini daf qilamiz. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

  2. Qoch, yoʻlni boʻshat, pirim kelyaptilar! deb kimgadir oʻshqirgan K. Yashin, Hamza

  3. Arvohlar yor, pirlar madadkor boʻlib, ovimiz baroridan kelsin. Hamza, Tanlangan asarlar

3. Biror kasbning asoschisi, homiysi deb tushuniladigan, koʻpincha, afsonaviy va afsonalashtirilgan shaxs.

  1. Miskarlar, chegachilar, tunukasozlar koʻp antiqa gaplarni, har qaysilari oʻzlarining pirlarini, risolalarini yaxshi biladilar. Oybek, Bolalik.

4. koʻchma Biror ish, kasb yoki sohani juda yaxshi egallagan, shu sohada oʻta mohir usta kishi, ustoz.

  1. Bunday rahbarlar, goʻyo hamma sohaning piri hisoblanadilar. N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar

  2. — Bolang boy boʻlgur Shodi oshpaz bu kasbning zap piri-da! — cholning tarifini keltirishadi chinorliklar Yoshlik

  3. Ular oʻrni kelsa, otasi ekan-u, hatto pirining ham betiga qorakuya chaplab, maqsad sari talpinadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik

pir soʻzi qatnashgan jumlalar:

Piri badavlat

Uzoq umr koʻrib, bolalarini uylab-joylab, rohatda-farogʻatda yashayotgan kishi.
  1. — Qoʻchqordek oʻgʻillarning soyasida piri badavlat boʻlib yashang, — dedi Ergash Qoratoyga. B. Rahmonov, Yurak sirlari

  2. Ilohim, piri badavlat boʻlgin, meni izzat qilsang, sani xudo izzat qilsin, — deb duo qildi Boʻrixoʻja Valijonni. Mirmuhsin, Chiniqish

  3. Piri badavlat otaxon-u onaxonlarimiz juda koʻp. Gazetadan

Yo pirim

  1. Yo pirim! Sharmanda qilma! (Bitta-bitta ketadilar). Hamza, Tanlangan asarlar

Pir urgan

Eng yomon, arvoh urgan, yaramas.
  1. Ziqnaning pir urgani edi. Xasisligini, isqirtligini hamma bildi. Kimsan — terifurush falonchi boy! Oybek, Tanlangan asarlar

pir soʻzi qatnashgan jumlalar:

Hafsalasi pir (boʻlmoq)

1. Ishonchi, eʼtiqodi yoʻqolmoq, koʻngli qolmoq.
  1. Eng ishongan kishisidan ham hafsalasi pir boʻlibdi.

  2. U yozibdi: Barakalla, oʻrtoq shoir, Qani doʻstlik, ogʻaynilik, hafsalam pir. Gʻ. Gʻulom, Tanlangan asarlar

  3. Bolalikdan koʻz ochib koʻrgani tuya oʻrkachiday haybatli tepaliklarni emas, kaftdek tekis dashtni koʻrib, hafsalasi pir boʻldi. Yoshlik

2. Hafsalasi, intilishi, ishtiyoqi yoʻqolmoq.
  1. Ishdan ham hafsalasi pir boʻlibdi.

  2. Koʻrsa, hafsalasi pir boʻlib, qoʻli ishga bormay qoladi. S. Ahmad, Ufq

taql. s. Mayda qushlarning qanot qoqishidan, parrak kabilarning aylanishidan chiqadigan tovush.

  1. Chumchuq pir etsa, yuragi shir etadi. Matal.

  2. Qorabayirning tuyoqlari ostidan pir etib bedana uchdi. S. Anorboyev, Oqsoy

  3. — Hamma senga oʻxshaganmi, chumchuq pir etsa, yuragi shir etadigan, — deb kuldi Haydar. A. Koʻchimov, Halqa


PIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ПИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
24021
So‘zning teskari yozilishi
rip
Harflar soni
3
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

pir so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, pir so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+