Izoh.uz saytida qanoat so‘zining izohi va ma’nolari

qanoat

1. Ozga yoki borga koʻnish, bori bilan kifoyalanish, nafsi tiyiqlik bilan koʻpga, ortiqchalikka intilmaslik hissi.

  1. Kambagʻalni sabr-u qanoat asraydi.

  2. Qanoat qilmasa, sharmandaligi ortadi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Mutalga raislikni berib, oʻzi muovinlikka qanoat bildirgan chogʻlarda, Ravshan polvon Mutaldan umidi boshqa edi. O. Yoqubov, Larza

2. Mamnunlik, qoniqish hissi; mamnuniyat, qoniqish.

  1. Pochchayev hammaning faqat oʻziga qarab qolganini ichida qanoat bilan qayd qilib, Jumanga yer ostidan qalaysan? deganday bir nazar tashlab qoʻydi. A. Muxtor, Tugʻilish

  2. Qanoat axloqiy, irodaviy fazilatlar jumlasiga kiradi. Fan va turmush

  3. Qanoat yoʻq yerda muruvvat yoʻq, muruvvat yoʻq yerda imon yoʻq. S. Siyoyev, Yorugʻlik

3. Ishonch, ishonish.

  1. — Bu siringizni mendan yashirmoqchi boʻlasiz, — dedi tamom qanoat bilan Hasanali, chunki endi oʻz kashfiga juda ishongan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

qanoat soʻzi qatnashgan jumlalar:

Qanoat qilmoq

Oʻzini qanoatda tutmoq, boriga sabr qilmoq, bori bilan kifoyalanmoq.
  1. Ovqat ustida boshini egib, oldiga surib qoʻyishganiga qanoat qilardi. R. Fayziy, Hazrati inson

  2. Nusratbekning qoʻshimcha daromad qidirmay, maoshga qanoat qilib yurganiga hali ham tushuna olmasdi. S. Nurov, Narvon

  3. Zargarov qiyqirib kuldi, chapak chaldi va bunga ham qanoat qilmay, oʻrnidan turib oʻyinga tushdi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar

Qanoat hosil qilmoq

1. Qoniqish hosil qilmoq; kifoyalanmoq, cheklanmoq.
  1. Lekin Ibn Sino bu qissani yozishda Qurʼonda keltirilgan naql bilan qanoat hosil qilmagan koʻrinadi. Gazetadan

2. Rozi boʻlmoq, mamnun, xursand boʻlmoq.
  1. Uning gapidan hayotga toʻymaganlik, oʻtgan umridan qanoat hosil etmaganlik koʻrinib turardi. Shuhrat, Shinelli yillar

3. Ishonmoq, ishonch hosil qilmoq.
  1. Boyagi soʻzlarni tushida emas, oʻngida eshitganiga qanoat hosil qilgandan keyin soʻradi: — Siz Razzoqni bilasizmi, oʻgʻlim? H. Gʻulom, Mashʼal

  2. Istat bibining uxlab yotganiga qanoat hosil qilgach, hovli burchagidagi darchadan chorboqqa oʻtdi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan


QANOAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҚАНОАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
24767
So‘zning teskari yozilishi
taonaq
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

qanoat so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, qanoat so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+