Izoh.uz saytida qator so‘zining izohi va ma’nolari

qator

1. Narsa yoki kishilarning bir yoʻl (chiziq)da joylashgan holati; shunday joylashgan tizimi.

  1. Qator uylar. Qator teraklar.

  2. Nonvoylik rastasiga kelsalar, qator doʻkonlarning hammasi yopiq. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

  3. Andijon degan katta yurt, Tevaragi qator tut. Qoʻshiqlar

  4. Tutlarning qator oralariga ishlov berilmoqda. Gazetadan

  5. Saodatxon oldingi qatorda oʻtirgan Lolaxonga qaradi. S. Zunnunova, Yangi direktor

2. ayn. Saf 1.

  1. Qatorda katta-katta odimlar otib borayotgan Elmurod shikoyat-landi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  2. Dushman qayta-qayta atakaga oʻtib, qatorlarimizni yorib oʻtishga harakat qilmoqda. T. Rustamov, Mangu jasorat

  3. Rota bir qator boʻlib, soʻqmoqdan ketmoqda edi. A. Qahhor, Oltin yulduz

3. Biror ijtimoiy guruh, tashkilot va shu kabilarga mansub kishilar majmui; saf.

  1. Ilgʻorlar qatori kengaymoqda. Qatordan qolguncha xatardan qol. Maqol

  2. Bu yigitni Chilimahram togʻi etagida askariy mashq oʻtkazayotgan navkarlar qatoriga qoʻshing. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

  3. Sheriklari qatoriga qoʻshib, uni oʻqitamiz. H. Nazir, Yonar daryo

4. Bir qancha, bir talay, ancha koʻp.

  1. Aholi orasida jismoniy tarbiyani rivojlantirish sohasida qator ishlar amalga oshirildi. Gazetadan

  2. Romandagi qator obrazlarning zamirida konkret tarixiy shaxslar yotadi. Gazetadan

5. mat. Maʼlum tartibda joylashgan kattaliklar sirasi.

  1. Butun sonlar qatori. Furye qatorlari. Qatorlar nazariyasi.

6. kim. Oʻzaro maʼlum munosabatda bogʻlangan kimyoviy birikmalar guruhi.

7. koʻm. vzf. (Z-sh. egalik shaklida — qatori) Oʻxshatish, qiyos munosabatini (kabi, tengi kabi maʼnolarni) bildiradi.

  1. Mana endi, u odamlar qatori ertalab ishga borib, kechki payt, el-yurt qatori, uyga qaytadi. T. Ashurov, Oq ot

  2. kecha-yu kunduz oʻshaning juvozida, yaylovida ishlashadi. Biz ham shular qatorimiz-ku!? Nimamiz ortiq?! A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi

  3. Men Zokir ota bilan Roʻzimatni qoralab, oʻzimni oqlamoqchi emasman. Shular qatori men ham gunohkorman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

8. ayn. (3-sh. egalik va oʻ.-p. k. shaklida — qatorida) qator 7.

  1. Agar menga hurmat lozim boʻlsa, mubolagʻa bilan emas, yana takror aytaman, bir qarindoshingiz qatorida takallufsiz muomala qilish bilan boʻlsin!. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

  2. Shu qatori-da badiiy adabiyot va sanʼat ham bir qadar eʼtibor topadi. Fan va turmush

  3. Yusufbek hoji bekning uylanishini ham oddiy gaplar qatorida eshitib oʻtkardi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar


QATOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҚАТОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
24960
So‘zning teskari yozilishi
rotaq
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

qator so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, qator so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+