Izoh.uz saytida qisqa so‘zining izohi va ma’nolari

qisqa

1. Boʻylama oʻlchami, uzunligi uncha katta boʻlmagan; kalta.

  1. Qisqa yogʻoch. Qisqa yubka. Qisqa yoʻl. Qisqa sochli ayol. Boʻyi qisqa odam. Boʻyni qisqa ot. Qisqa metrajli film. Yogʻochni uzun, temirni qisqa kes. Maqol

  2. Ikki yoʻlovchining qisqa soyalari katta-kichik tosh, turli dasht oʻsimliklari ustidan egilib borar edi. A. Qahhor, Maston

  3. Salimboyvachcha esa, katta yoʻlga qaraganda ancha qisqa, yolgʻizoyoq yoʻldan oʻz bogʻiga ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar

  4. xushbichim burun tagida burovga kelmagan qunduz miyiq, iyakni juda ham chiroyli oʻrab olgan qora qisqa soqol. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

2. Davomliligi kichik, uzun emas; ixcham.

  1. Qisqa jumla. Qisqa axborot.

  2. Umar Hayyomning qisqa, lekin sermazmun baytlariga singdirilgan hayot falsafasi buyuk, hayot va dunyodayin bepoyon. Gazetadan

  3. Oʻqituvchi qisqa ifodada koʻp fikr ayta bilish mahoratiga ega boʻlmogʻi lozim. R. Usmonov, Odobnoma

  4. Yonimda xayol surib oʻtirgan bek: — Borganda bilasiz, domla, — deb qisqagina javob qilib qoʻya qoldi. H. Tulom, Mashʼal

3. Davomiyligi uzun boʻlmagan (vaqt haqida); zid. uzun.

  1. Qisqa muddat.

  2. Yoz kechasi qisqa. Yoʻlchi bir chimdim uxlab koʻzini ocharkan, tong otgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Endigi muhim vazifa — oʻrim-yigʻimni gʻoyat qisqa fursatda uyushqoqlik bilan oʻtkazishdan iborat. Gazetadan

qisqa soʻzi qatnashgan jumlalar:

Qisqa qilmoq

Choʻzmaslik (gap, soʻz haqida).
  1. — Qiyomxoningiz qachon kelaman, dedi? — deb soʻradi mol doʻxtiri qisqa qilib. N. Aminov, Qahqaha

Aqli qisqa

Meʼyorida fikr-mulohaza qila olmaydigan.
  1. Tili uzunning aqli qisqa. Maqol

  2. — Sochi uzun, aqli qisqa, — deb xotinini yana jerkigandan keyin Sodiq davom etdi S. Ayniy, Qullar

Gapning qisqasi

Gapning loʻndasi, loʻnda qilib aytganda.
  1. Gapning qisqasini ayting. P. Tursun, Oʻqituvchi

  2. Gapning qisqasi ancha sarson boʻldik. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

Tili qisqa

ayn. Tili qisiq.

Qisqa oʻylamoq

Yetarli darajada fikr-mulohaza qilmaslik, yuzaki fikr qilmoq.
  1. Yoshlikdan, qisqa oʻylaganlikdan u bechoralarni ancha tashvishga soldingiz. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Qisqaroq oʻylaysiz, Otabek! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

Qoʻli qisqa


QISQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҚИСҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
25271
So‘zning teskari yozilishi
aqsiq
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

qisqa so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, qisqa so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+