Izoh.uz saytida qizi so‘zining izohi va ma’nolari

qizi

1. Harorati koʻtarilmoq, baland boʻlmoq; isimoq (asosan havo harorati haqida).

  1. Havo nihoyatda qizigan, otlar halloslab terlar. Mirmuhsin, Meʼmor

  2. Ertalabdanoq kun qiziy boshlaydi-da, choshgohga borganda quyoshdan olov yomgʻiri yogʻiladi. H. Gʻulom, Binafsha atri

2. Biror narsa (olov va boshqalar) taʼsirida tana harorati oshmoq, koʻtarilmoq (jism, tana haqida).

  1. Badani qizidi. Tandir qizidi. Temir qizidi.

  2. Otabekning manglayida turgan qoʻli qizib ketib, ikkinchi qoʻlini almashtirishga majbur boʻldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. Hamma yoq qum, qizib, yonib yotgan qum M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

3. ayn. Qizishmoq.

  1. [Sodiq:] Qizib ketgan ekanman, qarang, mingboshini ham choʻziltirmoqchi edim-u, biroq orqadan kelib, qoʻlimni bogʻlaganlarini bilib qoldim. N. Safarov, Uygʻonish

4. koʻchma Qizgʻin tus olmoq.

  1. Suhbat qizidi. Munozara qizidi.

  2. U sahna chekkasiga surib qoʻyilgan parda oldiga borganida, konsert qizib ketgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  3. Bu kun chorshanba boʻlganidan bozor ayniqsa qizigan. Oybek, Ulugʻ yoʻl

  4. Ish qizib ketgan paytda qishloq tomondan koʻchani changitib kelayotgan mashina koʻrindi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi

  5. Hozir ovning avji qizigan payti, koʻlda oʻrdak, qashqaldoq koʻp. J. Sharipov, Xorazm

qizi soʻzi qatnashgan jumlalar:

Boshi qizidi

1. Boshi qon tepgandek ogʻirlashdi.
  1. Qoratoy bir oz oʻylanib, boshi qizigan kabi, doʻppisini kursiga olib qoʻydi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Kayfdan, mastlikdan boshi ogʻirlashgan holga tushdi.
  1. Qodirning salomatligiga bir necha marta qadah koʻtarildi. Qodirning boshi qizib ketdi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak

Ichi qizimoq

ayn. Ichi pishmoq
  1. Sentyabr kelishini kutib, ichi qizib ketyapti Toshbibining, Gazetadan

Qulogʻi qizimoq

s. t. Goʻyo quloqning bir oz qizishi kimsa haqida biror gap boʻlayotganidan (boʻlganidan) belgi, xabar berishini qayd etuvchi ibora.
  1. Sen haqingda ham koʻp gaplar boʻldi, rosa qulogʻing qizigandir.

  2. Oʻzi yoʻqlarning ham qulogʻi qizib turarmish. S. Karomatov, Oltin qum


QIZI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҚИЗИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
25429
So‘zning teskari yozilishi
iziq
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

qizi so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, qizi so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+