Izoh.uz saytida qoʻltiq so‘zining izohi va ma’nolari

qoʻltiq

1. Qoʻlning yelka bilan tutashgan yerida hosil boʻlgan burchak, qoʻl osti.

  1. Qoʻltigʻi terlaydigan odam.

  2. Bir qoʻltiqqa ikki tarvuz sigʻmas. Maqol

  3. Qiz sumkasini qoʻltigʻiga suqib, ichkaridan chiqdi. S. Ahmad, Moʻtti

  4. U dalani aylanganda, qoʻltigʻidan eski sariq charm papkasini qoʻymasdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar

  5. Keyin oʻgʻlining qoʻltigʻidan olib, bir chetga tortdi: — Bular bilan teng boʻlmang, oʻgʻlim. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  6. Men darrov qoʻltigʻidan koʻtarib, ustidagi chang-toʻzonlarni qoqqan boʻldim. Oydin, Bolalik uyda gʻiybat yoʻq

2. Kiyimning shu joyga toʻgʻri keladigan, shu joyni berkitib turadigan qismi.

  1. Koʻylakning qoʻltigʻi. Paltoning qoʻltigʻi. Toʻnning qoʻltigʻi soʻkilibdi.

qoʻltiq soʻzi qatnashgan jumlalar:

Qoʻltigʻiga kirmoq

1. Qoʻllab-quvvatlamoq, yordam bermoq.
  1. Kasal boʻlib qolsam, nima boʻladi? Qoʻltigʻimga kim kiradi? Akam boʻlmasa, ukam boʻlmasa. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

2. Birovning ishonchini qozonib, uning pinjiga kirmoq.
  1. [Olaxoʻja:] Endi, bu bilan hazil qilma, kattarogʻini aka de, qoʻltigʻiga kir, kichikrogʻini uka de, deb oʻrgatadigan boʻldi. P. Tursun, Oʻqituvchi

Qoʻltigʻiga suv purkamoq

Birovga qarshi oyoqlantirmoq, gijgijlamoq.
  1. Eshonning xotinini kimdir tezlayapti, kimlardir qoʻltigʻiga suv purkayapti. S. Ahmad, Hukm

Qoʻltigʻidan koʻtarmoq (yoki suyamoq)

Qoʻllab-quvvatlamoq, yordam bermoq.
  1. Tagʻin men, Boboqulning oʻgʻli, qoʻltigʻidan suyaydigan azamat boʻlib qolibdi, deb quvonib yuribman-a! S. Anorboyev, Oqsoy

Tarvuzi qultigʻidan tushmoq

geogr. Okean, dengiz va koʻllarning quruqlik ichkarisiga kirib turgan va asosiy havza bilan suv almashib turadigan qismi; koʻrfaz.


QOʻLTIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҚЎЛТИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
25458
So‘zning teskari yozilishi
qitlʻoq
Harflar soni
7
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

qoʻltiq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, qoʻltiq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+