Izoh.uz saytida qoʻshni so‘zining izohi va ma’nolari

qoʻshni

1. ot Uylari, hovli-joylari yonma-yon yoki yaqin boʻlgan kishilar, oilalar, xonadonlar (bir-biriga nisbatan).

  1. Yaqin qoʻshni. Yon qoʻshni. Hovli olma, qoʻshni ol. Maqol

  2. Gilam sotsang, qoʻshningga sot, bir chekkasida oʻzing oʻtirasan! Maqol

  3. [Qosimjonning] Oyisi qoʻshni bilan gaplashib turardi. Oʻ. Umarbekov, Ona

  4. Bir qarichlikdan dutorni sevaman, bir qoʻshni kelinchakdan oʻrgangan edim. Oybek, Tanlangan asarlar

  5. [Otabek] Guzarga chiqqanda, Hasanalining qoʻshnisi boʻlgan Ali erinibgina doʻkon taxtasini tushirmoqda edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

2. Ish joyi, joylashish oʻrni yonma-yon yoki yaqin boʻlgan kishilar (bir-biriga nisbatan).

  1. Qiz soʻragan kursant, haqiqatda, El-murodga qoʻshni, ikkinchi vzvodda oʻqir edi. Shuhrat, Shinelli yillar

  2. Hayron boʻlib, suvdonga tikildi. U kovak edi — oʻq teshib oʻtibdi, uni uloqtirdi-da, qoʻshnisidan, sersoqol rusdan suv tiladi. Oybek, Quyosh qoraymas

3. sft. Yonma-yon turgan, joylashgan, bir-biriga yaqin, chegaradosh.

  1. Qoʻshni brigada. Qoʻshni mahalla. Qoʻshni qishloq. Qoʻshni mamlakatlar.

  2. Yigit yalt etib qoʻshni dalaga qaradi. U yerda xotin-xalajlar, bola-chaqalar chuvullashib, paxta terishayotgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

qoʻshni soʻzi qatnashgan jumlalar:

Qoʻshni burchaklar

mat. Bir tomoni umumiy boʻlib, qolgan ikki tomonini bir toʻgʻri chiziq tashkil etgan ikkita burchak.

QOʻSHNI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҚЎШНИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
25565
So‘zning teskari yozilishi
inhsʻoq
Harflar soni
7
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

qoʻshni so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, qoʻshni so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+