Izoh.uz saytida qoʻzgʻal so‘zining izohi va ma’nolari

qoʻzgʻal

1. Qoʻzgʻamoq feʼlining oʻzlik va majhul nisbatlari (

  1. Uning eski dardi yana qoʻzgʻaldi. Bu haqda yana gap qoʻzgʻaldi.

  2. Masala qoʻzgʻaldi.

  3. Adolat bularning hammasini bir-bir oʻylarkan, qalbida Usmonjonga nisbatan iliq bir hisning qoʻzgʻalganini sezib, oʻz xayolidan oʻzi uyalib ketdi. S. Zunnunova, Gulxan

  4. Men ham shularga suqlanib qaradim. Orzu, hislarim battar qoʻzgʻalib ketdi. Oydin, Fonar tagida

  5. Koʻpdan unutilgan xotiralar yana qoʻzgʻaldi. S. Ahmad, Hukm

2. Oʻrnidan turmoq yoki siljimoq.

  1. Saidiy ketishga qoʻzgʻalganda, Salimxondan boshqa hech kim parvo qilmadi. A. Qahhor, Sarob

  2. Mulla Alimqul eshikdan kirib kelgan meh-mon bilan koʻrishish va oʻz tagidagi koʻrpachadan joy berish taraddudida asta oʻrnidan qoʻzgʻaldi. P. Tursun, Oʻqituvchi

3. Joʻnamoq, biror yoqqa bormoq, ketmoq.

  1. Bu yerdan qoʻzgʻalma!

  2. Uning bu galgi Margʻilon yoʻliga qoʻzgʻalishi ortiqcha bir ogʻirlik bilan, ikkilanish bilan oʻralgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. Ahmad Husayn yana bir necha kun uydan qoʻzgʻalmadi. Uning ermagi yolgʻiz kitoblar boʻldi. Oybek, Nur qidirib

4. Turgan joyidan jilmoq, siljimoq, surilmoq.

  1. Stol oʻrnidan qoʻzgʻalganga oʻxshaydi. Javon juda ogʻir ekan, joyidan sira qoʻzgʻalmadi. Poyezd qoʻzgʻaldi.

  2. Mashina qoʻzgʻaldi, qoʻzgʻaldi-yu, oʻn-oʻn besh qadam yurmasdan, birdan eshigi ochildi. A. Qahhor, Toʻyda aza

5. Turgan joyida tebranmoq, silkinmoq, qimirlamoq.

  1. Qoʻrboshi tizzasi ustiga koʻn-dalang qoʻyilgan qilichining ikki tarafidan bosib, bir qoʻzgʻalib qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  2. Mashhadiy kichkina gavdasi bilan yengilgina qoʻzgʻalib boshini chayqadi. Oybek, Navoiy

6. Boshlanmoq, koʻtarilmoq; harakatga kelmoq.

  1. Poʻrtana qoʻzgʻaldi.

  2. Shamol qoʻzgʻalgan, tomlardagi, yoʻlkalardagi qorlarni toʻzitib, devorlarga, derazalarga urar edi. A. Qahhor, Sarob

7. Biror kimsa, tuzum va shu kabilarga qarshi harakatga kelmoq, isyon, gʻalayon qilmoq.

  1. Goh u qishloqda, goh bu qishloqda kambagʻallar qoʻzgʻalib, boylarning gʻaramlariga oʻt qoʻyishar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  2. Yaxshi, biz aytgan tartibda ishni boshlanglar, xalq qoʻzgʻalsa, xon majbur! U. Ismoilov, Saylanma

8. maxs. Biror harakat yoki taʼsirga javoban harakatga kelmoq, oʻz faoliyatini koʻrsatmoq.

  1. Odatda muskul nerv vositasida qoʻzgʻaladi.


QOʻZGʻAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҚЎЗҒАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
25612
So‘zning teskari yozilishi
laʻgzʻoq
Harflar soni
8
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

qoʻzgʻal so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, qoʻzgʻal so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+