Izoh.uz saytida quloch so‘zining izohi va ma’nolari

quloch

1. Yelka balandligida kerilgan har ikki qoʻlning oʻrta barmoq uchlari orasidagi masofa (uzunlik oʻlchovi birligi sifatida).

  1. Bir quloch arqon. Uch quloch yogʻoch.

  2. Hasan soʻfi bu ahvolni koʻrib: — Eh-ha, bu yoq bir quloch past, u yoq bir yarim quloch chamasi baland boʻlsa, toza boʻlgan ekan ishlarimiz! — dedi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

2. Qulochning ikki qoʻl uchi birlashgan holati; quchoq.

  1. Yerga choʻpni tiqib qoʻysang, koʻkarib, qulochga sigʻmas daraxt paydo boʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. uyum-uyum toʻplab, keng qulochiga siqqancha koʻtarib tashimoqqa boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. kam qoʻll. Oʻlchami keng, katta.

  1. U keng yagʻrinli, quloch koʻkrakli, butun dov jussasidan quvvat barq urardi. Oybek, Navoiy

  2. Stepan bulgʻori etikning quloch qadamlariga zoʻrgʻa yetib yurardi. A. Muxtor, Qora-qalpoq qissasi

quloch soʻzi qatnashgan jumlalar:

Tili bir quloch

Hech kim, hech narsadan tap tortmay, andisha qilmay, ogʻziga kelganini gapiraveradigan; tili uzun.
  1. — Hm, ogʻzaki botirlar, soʻllasinlar! — xonning masxaraomuz tovushi eshitildi. — Tillaring bir quloch S. Siyoyev, Avaz

Quloch yozmoq (yoki yoymoq)

1. Ikki yoki bir qoʻlini yelka balandligida ochmoq.
  1. Alvasti qiyofasiga kirgan bir ayol qulochlarini yozgan holda koʻchaning chap tomoniga qarab yugura ketdi. Gʻ. Rasul, Toʻngʻich oʻgʻil

  2. Pirnafas aka qulochini yozib, kuchi boricha sanchqini otdi. J. Sharipov, Xorazm

  3. Polvon azamat qulochlarini yoyib, ogʻir kerishdi. J. Sharipov, Xorazm

2. koʻchma Keng tarqalmoq, yoyilmoq, avj olmoq, rivojlanmoq.
  1. Uy-joy qurilishi keng quloch yoydi.

  2. Proza hali keng quloch yozmagan davrlarda uning rolini poeziya bajarib kelgan. OʻTA

  3. Daryo, anhor oqsin choʻl sari, Quloch yozsin dunyo bogʻlari. Q. Muhammadiy

  4. Xalq deputatlarining tashabbusi ham keng quloch yoydi. Gazetadan

3. ayn. Asosan ravishdosh shaklida — quloch yozib quchoq ochmoq
  1. Kolxoz oblastdan kelgan keksa, tajribali oʻqituvchini quloch yozib qarshi oldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

Quloch otmoq

1. Qoʻllarini galma-gal suvdan chiqarib va botirib, oldinga harakatlanmoq (suzishda).
  1. Mansur., oqimga qarshi quloch otib suzardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. koʻchma Ayn. quloch yozmoq 2.
  1. Qiz temir qoziq bilan zang urdi, ovqatga chorlovchi sado uzoqlarga quloch otdi. T. Rasulov, Sarbon

Quloch tortmoq

maxs. Mahsi, etik kabilarning chokini tikishda ikki soʻzanga taqilgan ipni ikki tomonga qulochlab tortmoq.
  1. [Unsin] Tagiga kichkina kursi qoʻyib, oyoqlariga dazgil chalmashtirib, epchil quloch tortardi. Oybek, Tanlangan asarlar

Quloch urmoq

kam qoʻll. Ayn. quloch otmoq 1.
  1. Anhor toʻla qon. Avaz lopillab oqib ketyapti. Quloch urib, sohilga intiladi. S. Siyoyev, Avaz


QULOCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҚУЛОЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
26008
So‘zning teskari yozilishi
hcoluq
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

quloch so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, quloch so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+