Izoh.uz saytida qurbon so‘zining izohi va ma’nolari

qurbon

1. din. Xudo yoʻlida qurbonlikka soʻyilgan yoki soʻyiladigan jonliq.

  1. Qurbon soʻyish.

2. koʻchma Biror ezgu ish, ezgu maqsad yoʻlida yoki sevikli kimsa, narsa va shu kabilar uchun kurashda halok boʻlgan, jon fido qilgan kishi.

  1. Ozodlik qurboni. Urush qurboni.

  2. Yer kurrasining koʻp qitʼalarida bombalar portlar, minglab qurbonlar koʻksida qon oqardi. S. Ahmad, Ufq

  3. Urush qurbonsiz boʻlarmidi. S. Zunnunova, Olov

3. koʻchma Tabiiy ofat, falokat, koʻn-gilsiz hodisa, kimsalarning qilmishi, manfaati va shu kabilar tufayli halok boʻlgan yoki katta zarar koʻrgan, qattiq aziyat chekkan kishi.

  1. Yongʻin qurboni. Zilzila qurbonlari. Jaholat qurboni. Urf-odatlar qurboni.

  2. Farida Zokirni gunohsiz bir qurbon deb bilib, qattiq achindi. P. Qodirov, Uch ildiz

  3. [Gʻulomjon:] Boʻlib oʻtgan mana shu gaplarning oʻzi tuhmatchilar qurboni boʻlib turganimni isbot qilishga yetib ortadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

4. Qurbon bermoq Kishisi (kishilari) qurbon boʻlmoq; katta zarar, talafot koʻrmoq.

  1. Talay urushlar koʻrdik, talay qurbonlar berdik. Guvoh — sochlarda oq-u manglayda ajinimiz. Gʻ. Gʻulom

  2. Beparvo boʻlmangiz, qoʻldan ketmasin Sonsiz qurbon berib qozonilgan baxt. Sharq yulduzi

5. Qurbon (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

qurbon soʻzi qatnashgan jumlalar:

Qurbon oyi

ayn. Zulhijja.

Qurbon hayiti

Qurbon boʻlmoq

1. Biror sabab tufayli, uning yoʻlida hayotdan koʻz yummoq, oʻlmoq.
  1. Xalq jinoyatchi boʻlishi mumkin emas, qurbon boʻlishi mumkin. Gazetadan

2. ayn. Qurboni boʻlmoq 2.
  1. Bir navjuvon erdi oʻzi xiromon, Har kim koʻrsa, boʻlur husniga qurbon. Gulshanbogʻ

Qurboni boʻlmoq

1. ayn. Qurbon boʻlmoq 1.
  1. U boshqa katta jinoyatlarning qurboni boʻlib ketyapti-ku! A. Muxtor, Kumush tola;

2. Jonini fido qilmoq, sadagʻasi ketmoq.
  1. Yaxshining qurboni boʻl, Yomonni kaltaklab ur. Maqol

  2. Aravadan nari anjir pishibdi, Oʻn toʻrt yashar qizga ishqim tushibdi. Oʻn toʻrt yashar qizning qurboni boʻlsang, Oʻn toʻrt tillo berib qoʻyningga olsang. Qoʻshiqlar


QURBON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҚУРБОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
26081
So‘zning teskari yozilishi
nobruq
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

qurbon so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, qurbon so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+