Izoh.uz saytida quv so‘zining izohi va ma’nolari

quv

1. Yetib yoki tutib olish uchun orqasidan yugurmoq, quvlamoq.

  1. Kiyik quvgan quyonni payqamas. Maqol

  2. Ilon quvsa, yoʻlga qoch, tuya quvsa, oʻrga qoch! Maqol

  3. Quvgan dushmanimni qoʻlga tushirdim. Malikayi ayyor

  4. Olmazorga yetganida, kimdir ortidan quvib yetdi. M. M. Doʻst, Lolazor

2. Biror joy-makondan majburlab ketkazmoq (joʻnatmoq); haydamoq.

  1. Momo qoʻliga kaltak olib, bolalarni quvibdi. Ertaklar

  2. [Juman:] Bechora bolalarni issiq inlaridan quvib chiqarganlaring ham yetar, taxtada nima gunoh? Yoqma! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  3. Shiddatli shturm natijasida dushman mudofaa marralaridan quvib chiqarildi. N. Safarov, Jangchi shoir

3. koʻchma Mansab, lavozim va shu kabilardan chetlatmoq, boʻshatmoq, haydamoq.

  1. Biroq sal fursat oʻtmay, hokim toʻra tilmochni ishdan quvdi. S. Ahmad, Hukm

4. koʻchma Yoʻq qilmoq; haydamoq.

  1. Tashvish qiz bolaning husnini olarkan, shoʻxligini ham, ovozidagi latofatini ham quvarkan. S. Ahmad, Ufq

  2. Koʻzga ajib ravshanlik baxsh etuvchi yashil koʻkatlar tarovati kechadan beri gʻamnok dilini erkalab, koʻksidagi ranj-u alamni quvgandek boʻlardi. S. Siyoyev, Avaz

5. koʻchma Hayoti, ish-faoliyatida biror yoʻl-yoʻriq, usul va shu kabilarga qattiq amal qilmoq; biror ish-amalni qattiq tutmoq, unga berilmoq.

  1. Xaliljon ham akalarining yoʻlini quvdi: maktabda oʻqib turib aviaklubga qatnadi. S. Akbarov, Otaning xayollari

  2. — U faqat oxiratni deb yashagan, umr boʻyi savob quvgan, — dedi chol. A. Muqimov, Qopqon

  3. Joningda qasding bormi, muncha aroqni quvmasang. Mushtum

6. koʻchma s. t. Yurib-yelmoq (piyoda yoki ulov bilan).

  1. Telpagini yelviratib, Oʻzbaklarni dalviratib, Urganch elga quvib yetdik. Yusuf va Ahmad

  2. Koʻp yerlarni men axtardim ot quvib, Hech koʻrmadim Asad Shodmon qorasin. Malikayi ayyor

7. Iz quvmoq Izidan taʼqib qilmoq.

  1. Qoʻr-boshilar ichidan qochib, mening orqamdan iz quvib kelgansan Gʻayratiy, Unutilmas kunlar

  2. Bolta muallim boshliq yetti-sakkiz chogʻli yigit izlaridan quvib kelar N. Norqobilov, Toʻqnashuv

quv soʻzi qatnashgan jumlalar:

Ketidan (yoki orqasidan) quvmoq

ayn. Quvmoq 5.
  1. Mol-dunyo orqasidan quvmoq. Foyda ketidan quvmoq.

  2. Soxta shuhrat ketidan quvib, aldamchilik bilan shugʻullangan shaxslar qilmishlariga yarasha qattiq jazolanishi lozim. Gazetadan


QUV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҚУВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
26241
So‘zning teskari yozilishi
vuq
Harflar soni
3
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

quv so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, quv so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+