Izoh.uz saytida quyuq so‘zining izohi va ma’nolari

quyuq

1. Suyuq qismi, suvi nisbatan oz boʻlgan; quyulgan holatli.

  1. Quyuq qorishma. Quyuq qiyom.

  2. Qilich chopgan chekkadan Quyuq kon sirtga otar. Gʻ, Gʻulom

2. Tarkibidagi asosiy modda nisbatan koʻp.

  1. Quyuq choy. Quyuq sut. Quyuq qaymoq.

3. Toʻq; toʻqqa moyil (rang-tus haqida).

  1. Begimxon gʻoʻzadan boshini koʻtarib, kuyuk oʻsmali qoshlarini chimirib, bobillab berdi. I. Rahim, Chin muhabbat

  2. Elmurodning yuziga quyuq qizillik yugurdi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  3. Chaylaning tepasida Temirqoziq yulduzi quyuq koʻkka boʻyalgan chiroyli kapalakday qanot qoqardi. S. Anorboyev, Oqsoy

4. Bir-biriga yaqin joylashgan; qalin, zich.

  1. Quyuq qamishzor. Quyuq soya. Barglari Quyuq qayragʻoch. Quyuq qora qosh.

  2. Maynaning kuyuk kipriklari ostidagi oʻtkir qora koʻzlari navkarni elitib qoʻygan edi. Sh. Toshmatov, Erk qushi

  3. Yuz qadamcha nariga sargʻaygan quyuq oʻt ustiga yotqizdi. Oybek, Quyosh qoraymas

5. koʻchma Toʻkin-sochin, moʻl, serob.

  1. Quyuq dasturxon. Quyuq ziyofat. Quyuq mehmon qilmoq.

  2. [Afandi] Sovgʻani xonga manzur qilib, kuyuk inʼom olib, oʻrdadan chiqib ketdi. Latifalar

  3. Kampir kuyovini hamisha shundoq quyuq kutar ekanmi, ketidan dimlangan joʻja, osh keldi. S. Nurov, Narvon

6. Koʻp miqdorda bir yerga toʻplanib, zichlashib, qalin qatlam hosil qilgan, zich, qalin holatli.

  1. Quyuq tuman. Kuyuk tutun.

  2. Uy ichini kuyuk qorongʻilik bosdi. Tashqarida shamol gʻuvullaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Ular kechki quyoshning quyuq yogʻdusi ostida jimirlagan qishloqqa kirib kelishar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi

7. Mazmun, mohiyat jihatidan toʻla darajali (oʻzaro muomala, munosabatdagi xatti-harakat, holat haqida).

  1. Quyuq suhbat. Quyuq salom-alik.

  2. Dadamat aka Ahmadni eshikkacha kuzatib chiqdi. Quyuq xayrlashdi. F. Musajonov, Himmat

  3. Uydan kelgan xat-da ham kuyuk duoyi salom. Shuhrat, Shinelli yillar. Vaʼdani kuyuk qilib, baʼzi qassoblardan bir necha dinor qarzga ham ilindi. Oybek, Navoiy

8. koʻchma Mazmun, diqqat-eʼtibor va shu kabilar jihatdan ahamiyatli boʻlgan.

  1. U [Hoshimjon] keyingi soʻzga chiqqanlar, albatta, mening tarafimni oladi, deb oʻylagan edi. Yoʻq, gapning quyugʻi keyin chiqdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar

  2. A. Qahhor ortiqcha soʻz va iboralar ishlatmaslikka, asar tilini quyuq, maʼnoli qilishga intilgan. OʻTA


QUYUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ҚУЮҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
26272
So‘zning teskari yozilishi
quyuq
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

quyuq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, quyuq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+