Izoh.uz saytida ravon so‘zining izohi va ma’nolari

ravon

1. Bir tekisda va toʻxtovsiz boradigan yoki borayotgan, silliq.

  1. Ravon harakat. Mashina ravon ishlayapti. Gʻoʻzalar ravon oʻsmoqda.

2. Bir tekisda, tinch oqayotgan.

  1. Ravon suv. Obi ravon. Uning koʻz yoshi ravon.

  2. Toʻlqinlar shovullar, soʻng oqar ravon, Tutashgan besh dengiz, oʻnlab daryolar. X. Rasul

  3. Kechasi charx-palak yangi joyga koʻchirildi va tongotarda dashtga bir joʻyak suv ravon oqdi. I. Rahim, Chin muhabbat

  4. Kemalar ravon oqib ketishdi. Mirmuhsin, Temur Malik

3. Toʻgʻri va tekis (yoʻl haqida).

  1. Ravon yoʻl. Yomon yoʻldosh yov boʻlar, ravon yoʻlda gʻov boʻlar. Maqol

  2. Hamma yoq serqatnov, ravon yoʻl, hamma yoq adil imoratlar, qasrlar, bogʻlar, fontanlar H. Gʻulom, Zamin yulduzlari

4. Mantiq va uslub jihatidan puxta va silliq, bir-biriga yaxshi bogʻlangan.

  1. Ravon sheʼr. Ravon uslub. Uning nutqi ravon. Ravon oʻqimoq.

  2. Adolat sheʼrni ravon, chiroyli oʻqidi. S. Zunnunova, Olov

  3. Nutqi ravon bolalarning baholari, koʻpincha, yuqori boʻladi. Saodat

  4. Muharram ravon gapirardi. Uning bunday nutqni birinchi marta soʻzlamayotganligi koʻrinib turardi. Shuhrat, Shinelli yillar

  5. Yangi yerda yangi chaman yaratgan qizlar, Yangramoqda yangi, ravon kuylaringiz-a! T. Toʻla

5. koʻchma Silliq, bir tekis.

  1. Ha, hayot ravon emas, Bordir past-u balandi Shu fikrga kelganda, Yana bob tugallandi. A. Muxtor, Asarlar

  2. Aql va baxt birlashsa, insonning hayot yoʻli ravon boʻladi. Gazetadan

  3. Biroq hayotning ravon yoʻlidan koʻra soʻqmogʻi koʻp. S. Karomatov, Oltin qum

6. Oson va bir tekisda harakatlanadigan, ishlaydigan.

  1. Ravon eshik. Charxi ravon.

7. ayn. Ravona.

  1. Devning aslahasin Shakar oladi, Otlanib Shakarbek ravon boʻladi. Shirin bilan Shakar

ravon soʻzi qatnashgan jumlalar:

Ruhi ravon

Jon, hayot.
  1. Fidoyi xalqim oʻlsin tanda jonim, Boʻlib qurbon senga ruhi ravonim. J. Sharipov, Xorazm

  2. Holimiz behad yomondur, kelmasang holim soʻrab, Ey meni xush mehribon, ruhi ravonim, qaydasan? Mashrab, Devon

Sarvi ravon

Sarvdek xushqomat va yurishi, harakati oʻziga yarashgan, kelishgan.
  1. Ey sarvi ravon, nadur xayoling, Jon oʻrtadi vaʼdayi visoling. Nodira

  2. Qading, ey gul, hayotim bogʻining sarvi ravonidur. Bobur

s.t. q. Rovon.

  1. Ravon panjarasida oʻzini oftobga solib turgan musicha parillab uchib borib, koʻcha tomonga tortilgan elektr simiga qoʻndi. S. Zunnunova, Koʻk chiroq

  2. Xayri undan javob kutmay, oy nuri tushib turgan ravon tomon yura boshladi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar


RAVON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

РАВОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
26488
So‘zning teskari yozilishi
novar
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

ravon so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, ravon so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+