Izoh.uz saytida roʻzgʻor so‘zining izohi va ma’nolari

roʻzgʻor

1. Oʻziga mustaqil har bir oila, har bir xoʻjalik.

  1. Ayolning sarishtasi — roʻzgʻorning farishtasi. Maqol

  2. Seni deb uyimdan, roʻzgʻorimdan kechdim. S. Ahmad, Ufq

  3. Ha, durust, ishga yaroqli polvondek yigit boʻlsang, roʻzgʻorga bosh boʻlasan endi, oʻgʻlim. S. Karomatov, Oltin qum

  4. Shu paytgacha doim roʻzgʻor ishi bilan band boʻlgan Malikaxon zavodga ishga kirib ketdi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar

2. Shunday oila yoki xoʻjalikka tegishli va uning tirikchiligi uchun zarur anjom-ashyolar, ikir-chikirlar.

  1. Roʻzgʻor ziynati — oʻtin, Uy ziynati — xotin. Maqol

  2. Qoʻsh-u omoch, bosh aylanmas kichik qoʻrgʻon, Ovqat-roʻzgʻor, kavshay desang — obi yovgʻon. H. Gʻulom, Tanlangan asarlar

  3. Agar boshqa odam boʻlgan-da, Mahfuzaga toʻgʻri yoʻl koʻrsatar, roʻzgʻorini butlab olishni oʻrgatardi. Gazetadan

  4. Qodir butun roʻzgʻor tashvishlarini zimmasiga olishga majbur boʻldi. Yoshlik

3. Turmush, oila.

  1. — Katta qizining roʻz-gʻorini ham shu kampir buzgan.

  2. Magazinda ishlaydigan toparmon-tutarmon bir yigitni ichkuyov qilib, rosa sogʻib ichdi, — dedi kelin. S. Ahmad, Choʻl burguti

  3. Bularning ham ayrimlarining roʻzgʻor, farzandlari bor, baʼzilari erta-indin uzatiladigan boʻlib, boʻy yetib turibdi. Gazetadan

roʻzgʻor soʻzi qatnashgan jumlalar:

Roʻzgʻor koʻrmoq

1.
  1. Dali Bodomgulning tuprogʻi sovimay, yangisini topibdi. Biron marta roʻzgʻor koʻrmagan, pene yigitlar koʻzini kuydirgan bu tamtam qiz uning tuzogʻiga tushib qolganiga sira tushunolmasdi. S. Ahmad, Jimjitlik

  2. Axir men ham roʻzgʻor koʻrgan edim. S. Ahmad, Ufq

2.
  1. Roʻzgʻor koʻrsa, tushunib qolar, degan fikrgina Marziya xolaga taskin berar, keliniga ham bularning hammasi vaqtinchaligini uqtirib, koʻnglini ovlardi. S. Zunnunova, Koʻk chiroq

  2. U [Mahmud Torobiy] oʻzining Muhammad va Ali ismli ikki ukasi bilan sahardan to shomgacha mehnat qilib, katta roʻzgʻorini tebratib turardi. M. Osim, Mahmud Torobiy

  3. Bu paltoni mehnat qilishi, pul topishi, roʻzgʻor tebratishi mumkin boʻlgan soppa-sogʻ shu qoʻllari bilan birovga eltib beradimi? S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar

Roʻzgʻor qilmoq

1. Oila qurmoq.
  1. Karim qanday aqlli yigit. Bechora ota-onasiz yetim oʻsdi. Roʻzgʻor qilishni toqatsizlik bilan kutyapti. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli;

2. Oʻz xoʻjaligi uchun zarur anjom toʻplamoq, boylik orttirmoq.
  1. Shunchalik roʻzgʻor qilib, loaqal yumshoqroq non yedirmasak Kishi juda ham uyaladi! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon


ROʻZGʻOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

РЎЗҒОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
26828
So‘zning teskari yozilishi
roʻgzʻor
Harflar soni
8
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

roʻzgʻor so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, roʻzgʻor so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+