Izoh.uz saytida rost so‘zining izohi va ma’nolari

rost

1. sft. Toʻgʻri, adil, tik.

  1. Bu kun siz aytgan oʻshal Ofarin emas, ustoz, Musibat ostida rost qomati duto koʻrinur. S. Abdulla

  2. Toʻla, qaddini post tutgan holda, kallasini xiyol egib, erkakcha taʼzim qildi. M. Ismoiliy, Bizning roman

2. sft. Haqiqatdan iborat boʻlgan, haqiqatga asoslangan; toʻgʻri, chin.

  1. Rost gap. Rost soʻz —haqqa qaror. Maqol

  2. Yolgʻonchining rost soʻzi ham yolgʻon boʻlur. Maqol

  3. — Boyagi semiz odam aytgan gaplar rost ekan, — dedi ichida [Sharofat]. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  4. Rost aytyapman, buni men bir necha bor sinab koʻrganman. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

3. ot Haqiqat, haq.

  1. Rostga zavol yoʻq. Maqol

  2. Mahkam birgina shu Akbarov va Toshev masalasidagi haqni nohaqdan, rostni yolgʻondan ajratib, toʻgʻri baholash uchun qancha kuch, vaqt, qunt, iroda kerakligini endi aniq koʻz oldiga keltirdi. P. Qodirov, Uch ildiz

  3. Yodgor shundoq boʻlishini bilgandirki, rostini aytgandir. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. krsh. s. vzf. Toʻgʻri.

  1. [Saodat:] Voy, nima deb aljiraysan? Avji oʻynab-kuladigan chogʻing-ku. Rost, baʼzi vaqtda dunyodan chiqib ketging keladi. Dunyo qursin, gʻam koʻp. Oybek, Tanlangan asarlar

rost soʻzi qatnashgan jumlalar:

Gapning rosti

Gapning ochigʻi, toʻgʻrisi.
  1. Gapning rosti, bugun leksiya qulogʻimga kirmayapti.

Rost kelmoq

Toʻgʻri kelmoq, mos kelmoq; yoqib tushmoq.
  1. Bu gaping menga rost keldi.

Rost koʻtarmoq

Bemalol, azot koʻtarmoq.
  1. Yukni rost koʻtarmoq.

Rost koʻcha qolib, past koʻcha bilan

Aldam-qaldamlik bilan, chap berib.
  1. Nega oʻzingizni goʻllikka solasiz? Hamma ertalab dalaga shoshilsa, siz., rost koʻcha qolib, past koʻcha bilan bozorga chopasiz. Mushtum

(R — katta) Shashmaqom tizimidagi beshinchi maqom nomi.


ROST so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

РОСТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
26884
So‘zning teskari yozilishi
tsor
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

rost so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, rost so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+