Izoh.uz saytida rostla so‘zining izohi va ma’nolari

rostla

1. Toʻgʻrilamoq, tiklamoq.

  1. Besh-oʻn yigit shoxariq, oʻqariqlarni rostlab, tut tagiga chiqishdi. I. Shamsharov, Koʻrk meʼmorlari

2. koʻchma Ishini, xoʻjaligini oʻnglamoq, tiklab olmoq.

  1. U institutni bitirgach, oʻzini ancha rostlab oldi.

3. Tartibga solmoq, tuzatmoq.

  1. Qilich botir shoshilmasdan oʻzini rostlab olib, uyga kirsa, Oqbilak oyim uxlab yotipti. Ertaklar

4. Nafasini rostlamoq 1) dam olib, na-fasni joyiga keltirmoq.

  1. Salomat nafasini rostlab, yana yoʻl yurdi. S. Ahmad, Hukm; 2) oʻzini oʻnglab olmoq

  2. Polk komandiri, dushman nafasini rostlab olmasdan turib, qarshi hujumga oʻtish toʻgʻrisida buyruq berdi. A. Qahhor, Oltin yulduz

5. s. t. Adabini bermoq, boplamoq.

  1. Shoshmay tur, seni bir rostlayki, dunyoga kelganingga yuz pushaymon qil. Hamza, Maysaraning ishi

6. tex. Qurilma, mexanizm va shu kabilarni toʻgʻri ishlaydigan holga keltirmoq, sozlamoq.

  1. Tormozlarni rostlamoq.

rostla soʻzi qatnashgan jumlalar:

Qaddini (yoki belini) rostlamoq

1. Qaddini koʻtarmoq, tiklamoq; gʻoz turmoq.
  1. Birov eshitib qolishidan choʻchiganday, sekingina uf tortdi-yu, qaddini rostlab oʻtirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  2. Sherzod qaddini rostladi-yu, ichkariga kirib kelayotgan mudirni koʻrdi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor

  3. Sanobar ahyon-ahyonda qaddini tiklab, belini rostlab olardi-da, yana jadal terishga tushib ketardi. M. Xayrullayev, Koʻngil

2. Oʻzini, xoʻjaligini tiklamoq, oyoqqa turgʻizmoq.
  1. Toshkentimizning qayta tiklanib, qaddini rostlashida xalqlar doʻstligi nimalarga qodir ekanini ham butun olam koʻrdi. R. Fayziy, Taʼzim;

3. Barpo boʻlmoq, qurilmoq.
  1. Binokor qadami yetgan joy tez obod boʻladi, ulkan zavod-fabrikalar qaddini rostlaydi, ishlab turgan korxonalarning qudrati ortadi. Gazetadan

Juftakni rostlamoq

  1. Kishilar yetib kelganlarida, jinoyatchilar allaqachon juftakni rostlab boʻlishgan, hovlida esa jabrlanuvchi Sharofat opa dagʻ-dagʻ titrab turardi. Mushtum

  2. [Ortiq:] — Hushyor boʻlib yotasan, bugun kechasi juftakni rostlaymiz. M. Mansurov, Yombi

Ogʻiz rostlamoq

1. ayn. Ogʻiz juftlamoq ;
2. Ogʻziga olib bormoq, toʻgʻrilamoq.
  1. Haydar ota shuni [chilimni] soʻray, deb endi ogʻiz rostlagan edi, kampirga koʻzi tushib qoldi. A. Qahhor, Asror bobo


ROSTLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

РОСТЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
26881
So‘zning teskari yozilishi
altsor
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

rostla so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, rostla so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+