Izoh.uz saytida savdo so‘zining izohi va ma’nolari

savdo

1. Tovarni sotish, ayirboshlash bilan bogʻliq boʻlgan ikki tomonlama munosabatga doir muomala; oldi-sotdi, savdo-sotiq.

  1. Savdo xodimi. Savdo korxonasi. Tashqi savdo.

  2. Bir kuni qaynotasi Yodgorga maslahat soldi: — Qachongacha qishlik-qirovlik kunlardayam loy changallab yurasiz. Savdoga kiring. Savdoda gap koʻp. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  3. Oʻzingizga maʼlum, savdo ahli zararni yoqtirmaydigan, foydatalab xalq boʻladi. K. Yashin, Hamza

  4. Birorta odam savdo sohasida ishlasa, darrov odamlarning miyalariga egri fikr keladi. F. Musajonov, Himmat

2. Oldi-sotdi muomalasida molning narxi toʻgʻrisidagi tortishuv.

  1. Bozorning oʻrtasida qovun-tarvuzlar uyilib yotibdi. Savdo avjida. R. Fayziy, Sen yetim emassan

3. koʻchma Savdo-sotiqdan tushgan pul.

  1. Bugungi savdo yuz ming soʻmga yetdi.

savdo soʻzi qatnashgan jumlalar:

Umr savdosi

Oʻgʻil uylantirish, qiz uzatish haqidagi kelishuv.
  1. Umr savdosi — qiyin savdo. Maqol

  2. Men umr savdosi ishida ixtiyorni [Haydaralining] oʻziga qoʻyish lozimligini va Haydarali bu sohada yanglishmaganligini aytib, boʻlajak kelinni taʼrifladim. T. Toʻla, Chaqar

1. Inson hayotida uchraydigan gʻam-tashvish, mashaqqat va kulfat, mushkul holatlar.

  1. Nizomjon oʻz boshiga tushadigan savdolarning xuddi shu daqiqadan boshlanishini qayoqdan bilsin. S. Ahmad, Ufq

  2. Har savdoga koʻnadi bandaning boshi, Toʻkilar kuyganning koʻzidan yoshi. Yusuf va Ahmad

  3. Gulnoz Labzak arigʻi boʻylab yelib borar ekan, urush oʻz boshiga solgan savdolarni oʻylar edi. H. Gʻulom, Toshkentliklar

  4. Men boʻlsam koʻzimni qaygadir tikib Oʻylardim: dunyoning savdosi shumi? A Oripov

2. Biror narsa, kimsa dardiga oʻta berilish holati.

  1. Ishq savdosi. Ayriliq savdosi.

  2. Hamisha xavfda koʻnglum bu muhabbat intihosidin, Meni ham etmasa majnun debon Raʼnoning savdosi. A. Qodiriy, Mehrob-dan chayon

  3. Dunyo ekan Ishq degan savdo Bormi faqat mening boshimda?! E. Vohidov

3. esk. tib. Inson aʼzosidagi toʻrt xil suyuqlikning biri.

  1. Ibn Sino savdoyilik kasalini savdo xiltining oshib ketishi natijasida paydo boʻladigan ruhiy kasallik deydi. Fan va turmush

  2. Tabobatda inson aʼzolarida toʻrt xil suyuqlik boʻlib, bular — qon, safro, balgʻam va savdodan iborat. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari

savdo soʻzi qatnashgan jumlalar:

Farzand savdosi

Farzand tufayli yoki farzanddan ayrilish natijasida boshga tushgan gʻam-gʻussa, tashvish.
  1. Seni ado qilmish farzand savdosi, Egningga kiyibsan motam libosi. Mirtemir, Asarlar


SAVDO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

САВДО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
27485
So‘zning teskari yozilishi
odvas
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

savdo so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, savdo so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+