Izoh.uz saytida shum so‘zining izohi va ma’nolari

shum

1. Yomon fikrdagi; niyati buzuq; yomon, yaramas.

  1. Kecha shom vaqtida biznikiga ikkita shum yigit keldi. Taniyman. Xoʻjayin haligilarni mehmonxonaga kirgizib, eshiklarni taqa-taq yopdi. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Hushyor turib, adashmay, Har sharpani sezaman. Dushman qarshilik qilsa, Shum boshini ezaman. Uygʻun

  3. [Gulandom:] Negaki, shumlarning kuliga tushib, ne balolarga giriftor boʻldim. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Baxtsizlik yoki halokat keltiruvchi, baxtsizlikka duchor qiluvchi.

  1. Shum boʻrondan chayqaldi dengiz, Koʻk ham asta tomchi tashladi. E. Qambarov

  2. [Xosiyat:] Erlarni qaʼriga tortdi shum urush, Erlarsiz uy fayzi tamom yoʻqoldi. G. Joʻrayeva

3. Koʻlidan har qanday yomonlik keladigan; ayyor, makkor, quv, qilvir.

  1. Shum kam-pir.

  2. — Ha, bu juda pixi qayrilgan shum xalfa, — dedi Davlatyor va Turdivoy xalfaning kirdikorini gapirib berdi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  3. Sultonov juda hushyor va shum ediki, shamol qay tomondan kelayotganini darhol bilib, vaziyatga qarab tovlanardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

4. Yaramas qiliqlar qiladigan, oʻta shoʻx, toʻpolonchi.

  1. Haligi shum yigit: juda gap topolmasang, barmogʻingni mana bunday bigiz qil-da, koʻzingizga koʻlimni tiqib olaymi? degin, keyin qiz kulib yuboradi [dedi]. P. Tursun, Oʻqituvchi

shum soʻzi qatnashgan jumlalar:

Shum xabar

Kishini gʻoyat xafa qiladigan, juda qaygʻuli xabar.
  1. Sobirjon bu ahvolni qurgan koʻzlariga, bu shum xabarni eshitgan quloqlariga sira ishongisi kelmas-di. S. Shamsiyev, Sepsiz kelin


SHUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ШУМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
28796
So‘zning teskari yozilishi
muhs
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

shum so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, shum so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+