Izoh.uz saytida silliq so‘zining izohi va ma’nolari

silliq

1. Tekis, tep-tekis, gʻadir-budursiz.

  1. Tosh shu qadar silliqki, goʻyo haykaltarosh xoʻp hafsala bilan yoʻngan-u, koʻtarolmay tashlab ketgan deysiz! H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar

  2. Sherali Ogʻajonga qoʻl uzatib koʻrisharkan, uning xotinlarnikidek silliq yuziga qarab, eshitilar-eshitilmas gʻoyat mamnunman, deb qoʻydi odob yuzasidan. S. Karomatov, Oltin qum

2. Sirpanchiq, sirgʻanchiq, oynadek.

  1. Silliq muz.

  2. [Bektemir) Nam, silliq qiyalikdan sirpanib, yana suvga shalop etib tushdi. Oybek, Quyosh qoraymas

3. Bejirim, tekis, jiloli.

  1. [Joʻraxonning] Durrasi silliq sochlaridan sidirilib, pastga tushdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

4. koʻchma s. t. Qad-qomati kelishgan, bejirim, chiroyli.

  1. Sirti silliq juvon.

  2. Durust, silliqqina yigit ekan, deb oʻyladi u yuragi tirnalib. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  3. Olimxon zamonasiga muvofiq, oliftanamo, yoshiga nisbatan chiroyli, silliq kishi edi. Oybek, Tanlangan asarlar

5. koʻchma Kamchiliksiz, ravon (til, uslub, nutq va shu kabilar haqida).

  1. Silliq uslub. Silliq gapirmoq. Silliq nutq.

  2. Pochchayevning toʻgʻri, silliq gaplari uzoqdan dona-dona yangrab eshitilardi. A. Muxtor, Tugʻilish

6. Kishiga yoqadigan, qattiq tegmaydigan, yumshoq.

  1. Silliq muomala.

  2. [Sobir aka:] Silliqqina qilib javob berdim. Sen nima deysan, ayasi?0. Yoqubov, Pyesalar

7. Muammosiz; koʻngildagidek, toʻsiqsiz; bekam-koʻst; bejanjal.

  1. Ammo oldindan tuzilgan rejalar hamisha ham silliqqina amalga oshavermaydi. S. Karomatov, Oltin qum

  2. Bu uchinchi xotinimdan ham xamirdan qil sugʻurgandek — silliqqina qutulmoqchi edim, biroq otim ishning pachavasini chiqarib qoʻydi. Mushtum

8. Tovushsiz; sezdirmasdan.

  1. Dilimardon mushukday silliqqina kirib kelganini va sinf jurnalini almashtirayotganini hech kim sezmay qoldi. Gazetadan

9. maxs. Bir tekisda, bir maromda, ravon, shovqinsiz.

  1. Toʻgʻri, ishni qoyil qilasan, mashinalar doim silliq aylanadi. F. Musajonov, Kamtarin ishchi

silliq soʻzi qatnashgan jumlalar:

Silliq koʻchmoq

Toʻsiqsiz, qarshiliksiz, bejanjal bajarilmoq, yechimini topmoq (biror xatti-harakat haqida).
  1. Ishning silliq koʻchayotganidan boshi koʻkka yetgan Vafo attor: Xoʻsh, xoʻsh, bajonidil, bajonidil, deya u bilan uzoq xayrlashdi. N. Aminov, Qahqaha

Suvdan silliq chiqmoq

Biror janjalli yoki jinoiy ishdan beayb tarzda, javobgarliksiz qutulmoq.
  1. U tashvishdan, toʻgʻrirogʻi, javobgarlikdan oʻzini xoli qilish maqsadi-da tanqid qilingan va qilinmagan choyxonalarning deyarli hammasini berkitishni lozim topdi. Moʻminov goʻyo bu bilan suvdan silliq chiqmoqchi boʻldi. Gazetadan


SILLIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

СИЛЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
28936
So‘zning teskari yozilishi
qillis
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

silliq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, silliq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+