Izoh.uz saytida sinf so‘zining izohi va ma’nolari

sinf

Kishilarning tarixan shakllangan ishlab chiqarish tizimida, ijtimoiy mehnatni tashkil etishda muayyan mavqe va oʻringa ega boʻlgan, ishlab chiqarish vositalariga, ijtimoiy boylikning taqsimla-nishiga bir xil daxldorligi va manfaatlarining umumiyligi jihatidan birlashgan katta guruhi; nisbatan barqaror boʻlgan katta ijtimoiy qatlam.

  1. Ijtimoiy sinflar. Mulkdorlar sinfi.

  2. Oʻzbekistonda fuqarolarga mulkdor boʻlish huquqining berilishi jamiyatni qarama-qarshi sinflarga boʻlib oʻrganish gʻoyasini ham inkor etadi. OʻzME

  3. Hozir sotsiologiyada jamiyatni sinflarga va boshqa ijtimoiy guruhlarga boʻlishning turli mezonlari ilgari surilmoqda. OʻzME

1. Oʻquvchilar tomonidan bir oʻquv yili davomida erishiladigan umumiy bilim saviyasi; maktab taʼlimining har bir bosqichi; maktabning asosiy tarkibiy birligi.

  1. Sinfdan sinfga oʻtmoq.

  2. Taʼlat oʻninchi sinfni kumush medal bilan tamomladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  3. 10- A sinfida oʻqiydigan Rustam., kuzda paxta bayramiga atab maktabda oʻtkazilgan kechada rubob chalib, ashula aytganida ham uni yaxshi koʻrarkan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. Oʻquv yurtlarida mashgʻulot oʻtkaziladigan xona, auditoriya.

  1. Yorugʻ sinf. Sinf doskasi.

  2. Sinfga kirishim bilan, bolalar qichqirib yuborishdi: — Ur-re-ye, Hoji keldi. E. Raimov, Ajab qishloq

  3. Oʻquvchi biz koʻpchilikmiz, oʻqituvchi hammamizni baravar koʻrolmaydi, deb oʻylaydi. Holbuki, oʻqituvchi sinfdagi har bir bolaning nima qilayotganini aniq bilib turadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. koʻchma Boshlangʻich va oʻrta maktablarda oʻquv yili davomida yagona oʻquv dasturi asosida taʼlim oluvchi oʻquvchilar jamoasi.

  1. Sinf rahbari.

  2. Sinf bir ogʻizdan Assalomu alaykum! deb qichqirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  3. Maktabda yomon boʻlsam, yo ikki kun bormasam, butun sinf oyoqqa turardi. Yoshlik

4. Badiiy oʻquv yurtlarida oʻquvchilarning biror oʻquv fani boʻyicha ixtisoslashtirilgan guruhi.

  1. Kompozitsiya sinfi.

  2. Malikani Oʻzbekiston xalq artisti S. Qobulova sinfiga oʻqishga qabul qilish maqsadida tayyorlov kursida oʻqitishdi. Gazetadan

5. biol. Oʻzaro qarindosh hayvonlar yoki oʻsimliklar turkumlarini birlashtiruvchi kategoriya.

  1. Sutemizuvchilar sinfi.


SINF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

СИНФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
29010
So‘zning teskari yozilishi
fnis
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

sinf so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, sinf so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+