Izoh.uz saytida soʻr so‘zining izohi va ma’nolari

soʻr

1. Lablarga qoʻyib yoki lab orasiga olib, siqib ichga tortmoq.

  1. Anorning suvini soʻrmoq. Javzo kirmay, rovoch suvini soʻr. Maqol

2. Shu yoʻsinda ovqatlanmoq, emmoq (bola haqida).

  1. Ona koʻkragini soʻrib yotmoq.

3. Damiga tortib olmoq. Nasos suvni soʻrib oladi.

4. Umuman, tortib olmoq.

  1. Kuz oftobi ertalabdan oqshomgi yomgʻir zahrini soʻra boshladi. Y. Shamsharov, Kumush piyola

  2. Tepaga koʻtarilgan quyosh oʻtli tili bilan yer bagʻridagi barcha namni soʻrib olardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

5. Tirik organizmlarning suvini, shirasini, qonini maxsus aʼzolari yordamida tortib ichmoq (hasharotlar, qush va hayvonlar haqida).

  1. Kapalak gul suvini soʻradi. Zuluk qon soʻradi.

  2. Yosh oʻrgimchaklar onasining har tomonidan qon suyuqligini soʻraveradi. Fan va turmush

6. Ogʻizga olib va tupuk bilan hoʻllab, selini til va tanglay harakati bilan asta-sekin ichga yutmoq; shimmoq.

  1. Konfet soʻrmoq.

  2. — Biz dehqon odammiz, Saidqul, — dedi u. — Siz u — ayollar bilan koʻp gaplashib, oz tanovul qilib, keyin gazagiga qand soʻradigan. M. M. Doʻst, Lolazor

7. koʻchma Zoʻrlik yoki aldov bilan birovning kuchidan, mehnatidan, boyligidan foydalanmoq; ekspluatatsiya qilmoq.

  1. [Zuhra:] Sigirning qulogʻiga tushgan kanaday erni soʻrib yotish ham yaxshi kasb! A. Qahhor, Ogʻriq tishlar

8. Chekmoq, tortmoq.

  1. Chilim soʻrmoq.

  2. Bektemir maxorka oʻrab, jimgina soʻra boshladi. Oybek, Quyosh qoraymas

soʻr soʻzi qatnashgan jumlalar:

Barmogʻining (yoki tirnogʻining) kirini soʻrmoq

Och qolmoq, yeyishga narsa topolmaslik.
  1. Koʻplarning yegani noni, qalagani oʻtini yoʻq. Barmogʻining kirini soʻrib, oyogʻini eski toʻshakka oʻrab oʻtiribdur. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar

Qonini (yoki kuchini, iligini) soʻrmoq

  1. Bultur, kech kuz, qishning boshlari boʻlsa kerak — kuch-quvvatini allaqanday koʻrinmas jonzot soʻrib olgandek, birdan ozib-toʻzib rangi olindi, burungi gʻayratidan asar ham qolmadi. Yoshlik

  2. Dehqonlarning holi shundayin oʻtgan Shafqatsizlar iligin soʻrib yotgan. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli


SOʻR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

СЎР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
29392
So‘zning teskari yozilishi
rʻos
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

soʻr so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, soʻr so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+