Izoh.uz saytida sugʻur so‘zining izohi va ma’nolari

sugʻur

1. Oʻrnashgan joyidan kuch bilan tortib chiqarmoq.

  1. Ildiz sugʻurmoq. Ombur bilan mix sugʻurmoq.

  2. Tushida qora matoga oʻralgan kishi uning [cholning] sogʻ qolgan yagona jagʻ tishini sugʻurib olayotgan emish. Yoshlik

  3. Xolmatjon suvsizlikdan qorayib ketgan bir tup niholni sugʻurib olmoqchi edi S. Ahmad, Ufq

  4. Qassob qiyma kabobni sixdan sugʻurib olib, sabzidek tish-lab yerdi. N. Aminov, Qahqaha

2. Tiqilgan, botgan joyidan chiqarib olmoq.

  1. Moʻytanning keksa baliqchisi chorigʻini loydan zoʻrgʻa sugʻurib, qora tutun ichiga kirib ketdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi

3. Koʻchma Biror yerdan, toʻdadan, muhitdan ajratib, uzib olib ketmoq.

  1. Popukday qizni issiq uyasidan sugʻurib, olib keldim. Oybek, Ulugʻ yoʻl

4. Solib qoʻyilgan, joylangan yeridan chiqarmoq, chiqarib olmoq.

  1. — Bermayman degin, hali shunaqami? — aravakash qaltirab turgan qoʻllari bilan paypaslanib, yonidan pichogʻini sugʻurdi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar

  2. U qilichini gʻilofidan sugʻurib, osmonda yarqiratdi. Mirmuhsin, Temur Malik

5. koʻchma Soʻrib, tortib olmoq; olib qoʻymoq.

  1. Bezgakni hazil fahmlama. Kishi kuchini sugʻurib, shalpaytiradi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

6. Chiqarib yubormoq, tarqatmoq, yozmoq.

  1. Uning badanidan ona tuproq intizorligi, jang-jadal suronlari hordigʻini sugʻurib olayotganday boʻldi. Shuhrat, Shinelli yillar

sugʻur soʻzi qatnashgan jumlalar:

Xamirdan qil sugʻurganday

  1. Uzoq yillar mobaynida toʻplanib qolgan ortiqcha kunlar, xamirdan qil sugʻurganday, osongina yoʻqotildi. Fan va turmush

Jonni (yoki yurakni) sugʻurib olmoq

Qattiq ruhiy yoki jismoniy azob bermoq, oʻlguday qiynamoq, jonini olmoq.
  1. Otasi endi Togʻayni tavbasiga tayantirmaguncha, bobosini taʼrif va tavsif etaverib, jonini sugʻurib oldi Yoshlik

Tag-tomiri bilan sugʻurib tashlamoq

1. Butunlay yulib tashlamoq;
2. Yoʻq qilmoq, bartaraf etmoq.

Tilingni sugʻurib olaman

Doʻq-poʻpisa iborasi.
  1. Ayo kofir, bilib soʻzla soʻzingni, Tillaring sugʻurib, oʻyay koʻzingni. Malikayi ayyor

Yurakdan (yoki koʻngildan, miyadan, xayoldan) sugʻurib olmoq

Dildan chiqarib tashlamoq, batamom unutmoq.
  1. [Tuygʻunoy:] Bari bir, uning [Rahimovning] nomini yuragimdan sugʻurib tashlay olmaysiz. B. Rahmonov, Oltin odamlar


SUGʻUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

СУҒУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
29907
So‘zning teskari yozilishi
ruʻgus
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

sugʻur so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, sugʻur so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+