Izoh.uz saytida suq so‘zining izohi va ma’nolari

suq

1. Kuch yoki zarb bilan uchli narsani boshqa biror narsaga kirgizmoq; sanchmoq, tiqmoq.

  1. Nayza suqmoq. Igna suqmoq.

  2. Malik muallim yalt etib keliniga qaradi. Birov bigiz suqib olganday, koʻkragining osti sanchib ogʻridi. A. Koʻchimov, Halqa

  3. Nusratbek hozir bu silliq basharaga mushtlasa, igna suqsa, tepkilasa ham, qonamasa, qizarmasa kerak. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

2. Biror narsa ichiga, orasiga joylamoq, tiqmoq.

  1. Xanjarni qiniga suqmoq.

  2. Yoʻl-dosh egilib, boshini tizzasi orasiga suqdi. qoʻllari bilan quloqlarini berkitdi. Yoshlik

  3. Gavhar zimdan Talʼatga qaradi. U boshini baland koʻtarib, qoʻllarini shimining choʻntagiga suqib borardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  4. U[Iskandar] bir qoʻli bilan qopchiqni ochib, bir qoʻlini xumchaga suqdi. M. Mansurov, Yombi

suq soʻzi qatnashgan jumlalar:

[Birovning] kissasiga (yoki hamyoniga, choʻntagiga) qoʻl suqmoq

Birovning kissasiga, puliga qoʻl urmoq, xoʻjayinlik qilmoq.
  1. Uka, men haqimni soʻrayman. Birovning kissasiga qoʻl suqayotganim yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar

Bosh suqmoq

  1. Qodirov chaylaga bosh suqib, noz-neʼmatlar toʻla dasturxonga koʻz yugurtirdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

Burun suqmoq

ayn. Burun tiqmoq
  1. Oyqiz boʻlsa haddan oshib ketdi, hamma ishga burnini suqyapti. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

Gapni gapir (yoki aytgin) uqqanga

, jonni jonga suqqanga Gapni fikringga, maqsadingga tushunadigan, senga jon kuydiradigan odamga gapir, degan maʼnoda ishlatiladigan matal.
  1. [Boʻtaboy aka] “Tushuntirish kerak deydilar, toʻgʻri, lekin gapni aytgin uqqanga, jonni jonga suqqanga, gapni aytib netarsan onasi bemahal tuqqanga! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

Ikki qoʻlini burniga suqib

  1. Katta oʻgʻlim bilan ikki qoʻlimizni burnimizga suqib, oʻz uyimizga bordik. S. Ayniy, Qullar

Koʻziga choʻp suqmoq

ayn. Koʻziga choʻp solmoq.

SUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

СУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
30001
So‘zning teskari yozilishi
qus
Harflar soni
3
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

suq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, suq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+