Izoh.uz saytida tanbeh so‘zining izohi va ma’nolari

tanbeh

1. Nojoʻya xatti-harakat uchun berilgan taʼzir, koyish, ogohlantirish yoki jazo.

  1. Yengil tanbeh. Qattiq tanbeh. Tanbeh bermoq. Tanbeh olmoq.

  2. Keksa bogʻbonning samimiy soʻzlari ham taʼna, ham tanbeh edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

  3. Togʻaning tanbehlariga qaramay, jiyan oʻz yoʻlidan qaytmadi. Sharq yulduzi

  4. — Biz tegganimiz yoʻq-ku, ota! — dedi bolalardan biri, cholning tanbehini qattiq olib. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar

2. Kamchilik, xato kabilarni qayd etuv-chi gap-soʻz, fikr-mulohazalar.

  1. bu ishdan ham ayrilib qolmay, deb astoydil ishladi, xoʻjayinidan biron tanbeh eshitmadi. Yo. Raimov, M. Rahmon, Hayot-mamot

  2. Ularning maslahati, yoʻl-yoʻrigʻi va tanbehlari aksariyat hollarda oʻrinli boʻlib chiqayotganligi bejiz emas. Gazetadan

3. Ish-xizmatdagi tartib-qoidaga binoan beriladigan rasmiy jazo.

  1. Ishdan kechikishlari uchun tanbeh olmoq. Tartibga rioya qilmaganligi uchun komandir tanbeh eʼlon qildi.

4. sprt. Oʻyin qonun-qoidasiga zid xatti-harakat uchun hakam tomonidan aytilgan gap, soʻz; ogohlantirish.

tanbeh soʻzi qatnashgan jumlalar:

Tanbeh bermoq

Koyish, oʻgit tarzidagi gap-soʻz aytmoq.
  1. Hamshira tanbeh berib, boshimni yostiqqa qoʻydi. Guldasta

  2. Boshliq boʻlganingizdan keyin gapirish emas, tanbeh berishga ham haddingiz sigʻadi S. Nurov, Narvon

Tanbeh yemoq

ayn. Tanbeh olmoq.

Tanbeh olmoq

1. Tanbehli gap-soʻz eshitmoq;
2. Ish-xizmatda ogʻzaki yoki yozma tarzda rasmiy jazo olmoq.
  1. Men sahar-mardonda tepani aylanib chiqaman deb, komandirdan qattiq tanbeh olgan edim. T. Rustamov, Mangu jasorat

Tanbehini bermoq

Jazo boʻladigan ish yoki gap-soʻz qilmoq; jazosini (jazzasini) bermoq.
  1. Manman kishining bunda boʻynin sugʻurib, Agar koʻrsam, tanbehini beraman. Bahrom va Gulandom

Tanbehini yemoq

Adabini, taʼzirini yemoq.
  1. Odam tiqilinch boʻlgan bu vagonda joy topolmasdan, eshikning oldida oʻtirib, toza tanbehimni yedim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari

  2. Sobirning qiyofasida tanbeh yeb, tavba qilish emas, oʻz istagidan qaytmaslik hissi barqaror edi. F. Musajonov, Himmat


TANBEH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТАНБЕҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
30625
So‘zning teskari yozilishi
hebnat
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tanbeh so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tanbeh so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+