Izoh.uz saytida tani so‘zining izohi va ma’nolari

tani

1. Tanish boʻlmoq, bilmoq.

  1. Men uni ikki yildan beri taniyman. Bu yerda u hech kimni tanimaydi.

  2. Adolatni taniganlar unga hayron boʻlib, baqrayib qarab qolar, baʼzi birovlar yuzini oʻgirar edi. S. Zunnunova, Gulxan

  3. Nurinisoni yaqindan taniganlar u bilan har vaqt juda ehtiyot boʻlib muomala qilar edilar. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Oʻziga tegishli yoki tanish kimsani, narsani koʻrinishidan yoki boshqa biror belgisidan bilmoq, ajratmoq.

  1. Ovozidan tanimoq. Koʻzidan tanimoq.

  2. Darvozabon bekni tanib, qoʻl qovushtirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. Eshelonning keyingi toʻxtashida vagon tirqishidan qarab turgan Isroil Azimov bu stansiyani tanib, Penza dedi. I. Rahim, Chin muhabbat

  4. Loy va tuproqqa qorishgan jangchilarni tanimoq qiyin edi. Oybek, Quyosh qoraymas

  5. Hay, u qizni oʻzing koʻrsang taniysanmi? S. Siyoyev, Avaz

3. Farqiga boradigan, yaxshi-yomonni ajratadigan boʻlmoq, ajrata bilmoq.

  1. Oting borida yoʻl tani, Aqling borida el tani. Maqol

  2. Sen azaldan odam taniysan. Koʻnglingga bir narsa kelmasin-u, ogʻayni, Shoabdufattoh Xoʻjayev — oʻgʻil bola yigit. A. Qahhor, Ogʻaynilar

  3. Gilam taniydigan odam ikki mingga indamasdan oladi. A. Qahhor, Asarlar

  4. Joʻra boshqa otlarga bir zum koʻz tashlab: — Agar ot tanisang, risoladagi saman— shu, — dedi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. Haq-huquqi, obroʻyi, mavqeyi va shu kabilar bilan hisoblashib muomala qilmoq, tan olmoq.

  1. Biz Musulmonqulni tanimaymiz! Bizning boshligʻimiz Xudoyorxondir! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

tani soʻzi qatnashgan jumlalar:

Odamni tanimaslik (yoki tanimay qoʻymoq)

Juda magʻrurlikka berilib (havolanib), hech kimni mensimaslik, pisand qilmay qoʻymoq.
  1. Shunday qilib, kunni oʻtkazaverdi. Burungiday odam tanimaydigan boʻlib ketdi. Bahrom va Gulandom

  2. Ravshan Musayev sovxozning 4-boʻlimiga boshqaruvchi boʻldi-yu, uncha-muncha odamni tanimay qoʻydi. Mushtum

Oq-qorani tanigan

Yaxshi-yomonni koʻrgan, koʻp narsani, dunyoning bordi-keldisini bilgan.
  1. Siz oq-qorani tanigan odamsiz, Abdishukur. Oybek, Tanlangan asarlar

Xat tanimoq

Oʻqish-yozishni bilmoq, savodli boʻlmoq.
  1. Ana, sizning mehribon Oyimxon opangiz. Rayonga borib, uch oy oʻqib keldi. Ha, sal-pal xat taniydigan boʻpti. P. Tursun, Oʻqituvchi

Esini (yoki aqlini) tanimoq

Esi kirib, ulgʻayib, ongli ravishda ish qiladigan va koʻrgan-kechirganlarini eslay oladigan boʻlmoq.
  1. Biz, raisimiz aytmoqchi, endi esini tanigan boladaymiz: koʻp narsaga qiziqamiz, koʻp narsani bilgimiz keladi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  2. Mirpoʻlat Temirovich gapning poʻstkallasini aytdilar, esimni taniganimdan beri bu — ikkinchi marta etik kiyishim. S. Mahkamov, Shogird

Haqini tanimoq

Oʻz haq-huquqini bilmoq, haq-huquqini oʻz qoʻliga olmoq.
  1. Davlatyor taʼriflagandek, haqini tanimagan bu bechora [Xudoyqul] shu ravishda hayot kechirar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi


TANI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТАНИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
30658
So‘zning teskari yozilishi
inat
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
2
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tani so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tani so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+