Izoh.uz saytida tanob so‘zining izohi va ma’nolari

tanob

1. esk. Yer oʻlchash, uzunlik oʻlchash, chiziq tortish va shu kabilarda ishlatiladigan uzun chilvir, reja ip.

2. kam qoʻll. Umuman, ingichka arqon, chilvir yoki kanop ip, rishta.

  1. Shohning amri bilan ming polvon va kal ikki kecha-kunduz yoʻl tortib, Goʻsha togʻiga yetib, chortigʻlar [chodirlar] tanobini tortib yotaverdi. Zulfizar bilan Avazxon

  2. Bekam-koʻst turmush kechirib, er-xotin totuv yashayotgan kezlarda toʻsatdan bu inoq oila charxining tanobi uzildi. I. Rahim, Yosh xotin

  3. Band etib zulfing aro koʻnglimni ozod etganing, Qush uchirgandek erur bogʻlab ayogʻiga tanob. Nodira

3. esk. tar. Oʻrta Osiyo xonliklarida: tomonlari 60 gazdan iborat boʻlgan maydonga teng yuza (yer) oʻlchov birligi.

  1. Tong otguncha bir tanobcha yerning gʻoʻzasi suv ichdi. I. Raxim, Chin muhabbat

  2. Bogʻning sathini Salim uch yarim tanob, Fazliddin uch tanob moʻljalladi. Oybek, Tanlangan asarlar

4. esk. tar. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda qoʻllangan uzunlik oʻlchov birligi (17-asrda 39,9 metrga teng boʻlgan).

tanob soʻzi qatnashgan jumlalar:

Tanob tortmoq (yoki urmoq)

Reja ip tortib oʻlchamoq.
  1. Matchon toʻra kuzda hosilni yigʻishtirib olgach, qumgacha choʻzilgan boʻz yerlarga tanob urdirib, oʻziga qoʻshib oldi. J. Sharipov, Xorazm

Ogʻzining (yoki labining) tanobi qochmoq

ayn. Ogʻzining bogʻichi qochmoq
  1. Murodovani koʻrganda ogʻzining tanobi qochadigan Zunnunov bugun haqiqatan ham xomush koʻrindi. I. Rahim, Ixlos

  2. — Bor, yana bir miridan tashladim, — deb yubordi. Inglizning labining tanobi qochib, iljaydi. K. Yashin, Hamza

Tanobini tortmoq

1. Yoʻl, hajm va shu kabilar jihatdan qisqartmoq, kamaytirmoq.
  1. Mingan oti jonivor Yoʻlning tanobin tortdi. Nurali

  2. Umridan baraka topsin. Choʻlning tanobini tortyapti. S. Ahmad, Qadrdon dalalar

  3. Ovqatning tanobini tortib qoʻyishdi. I. Rahim, Chin muhabbat

2. Boʻlmagʻur, nomaqbul ish-harakatga chek qoʻymoq, shunday xatti-harakatdan tiyib qoʻymoq.
  1. xoʻjaliklarning badaniga zulukday yopishib olgan mana shunaqa odamlarning tanobini tortish kerak. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  2. Amakisiga yon bosgan oʻgʻlidan ham ranjidi. Tanobini tortib qoʻymoq niyatida uyga kelsa, Javhar yoʻq. J. Abdullaxonov, Xonadon


TANOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТАНОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
30677
So‘zning teskari yozilishi
bonat
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tanob so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tanob so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+