Izoh.uz saytida taqir so‘zining izohi va ma’nolari

taqir

1. ot Geogr. Qattiq qatqaloq bilan qoplangan yer.

  1. Tuya quvlasa, shudgorga qoch, Ilon quvlasa — taqirga.

  2. Qum uyumlari orasida nuqul gildan hosil boʻlgan maydonlar uchraydi. Bunday joylar taqir deb ataladi. Oʻzbekiston geografiyasi

  3. Oqmagan daryoning nomidir taqir. A. Oripov, Yillar armoni

2. sft. Giyoh oʻsmaydigan yoki deyarli oʻsmaydigan; yaydoq, yalangʻoch.

  1. Toʻgʻri, olti-yetti yil ilgari bu joylar — Qarshi choʻli taqir yerdan farqi yoʻq edi. Oʻzbekiston qoʻriqlari

3. sft. Oʻt-oʻlansiz, oʻt-oʻlani yerdan koʻrinmaydigan (oʻsmagan) darajada.

  1. Qoʻnishdagi taqir yalanglikda kuni bilan toʻyib oʻtlagan qoʻy-echkilar kavsh qaytarib yotibdi. S. Anorboyev, Oqsoy

4. sft. Sochi, juni, tuki yoʻq; tuksiz.

  1. baʼzi oʻrtoqlarning aldamchiligini koʻrganda, taqir dahanimga soqol chiqib ketishiga oz qoldi. Mushtum

  2. Jamshid shundoq deraza tagida, taqir gilam ustida uxlab qoldi. Sh. Xolmirzayev, Togʻlarga qor tushdi

5. sft. Koʻchma Hech narsa toʻshalmagan; yalangʻoch.

  1. Taqir yerda uxlamoq.

  2. Yoʻldosh aka taqir sholchaga, xuddi sakkiz qavat koʻrpachaga oʻtirganday, bamaylixotir yostanib oldi. H. Nazir, Vasiyat

6. rvsh. Sira, aslo; mutlaqo, butunlay.

  1. Bu ishdan taqir xabarim yoʻq.

  2. [Nodira:] Uy anjomlarim, kiyimlarim koʻzimga taqir koʻrinmadi. Hamza, Maysaraning ishi

  3. — Koʻz tikib turgan yerlarimiz eski ariqdanki suv icholmaydi, yangi ariqdan taqir icholmaydi, yana azalgiday qaqrab yotaveradi, — dedi Xasan soʻfi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  4. Mumkinmi, aytgin axir? Bu ish yaramas taqir. Q. Muhammadiy

7. Sira qoldirmasdan, tozalab, qirtishlab; tozalangan.

  1. Sochini taqir qirdirgan bir kishi sal jilmayib qarab turardi. S. Anorboyev, Oqsoy

  2. U kishi [boy] shoʻrvani pishiradi, lekin moyini suzib ichadi, goʻshtini yeydi, menga taqir suyak bilan bir kosa jirsiz suv keltiradi. Oybek, Tanlangan asarlar

8. shv. Chala tugʻilgan chaqaloqning terisi.

taqir soʻzi qatnashgan jumlalar:

Taqiri chiqmoq

Oʻt-oʻlani yeyilib tugab boʻlgan.
  1. Mol oralab ketgan angʻizlarning allaqachon taqiri chiqqan. N. Qobil, Unutilgan sohillar


TAQIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТАҚИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
30758
So‘zning teskari yozilishi
riqat
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

taqir so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, taqir so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+