Izoh.uz saytida tartib so‘zining izohi va ma’nolari

tartib

1. Ish-harakat, tadbir-chora va shu kabilarning amalga oshuvida rioya qilinadigan maʼlum izchillik, reja, qonun-qoida va shu qonun-qoidalarga javob beradigan holat.

  1. Pensiya belgilash tartibi. Ovoz berish tartibi. Yangicha toʻy tartibi.

  2. [Zargarov:] Majlisda tartib boʻlishi kerak! [Poʻlatjon domla:] Bugungi majlisning tartibi shunaqa. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar

  3. Oyimxon stolni taqillatib, Tojiboyni tartibga chaqirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi

2. Narsalarning joylashuvi va shu kabilar jihatdan mutanosiblik boʻlishi, meʼyoriy holat.

  1. Hovlilarga tartib bilan meva daraxtlari ekilgan. S. Siyoyev, Yorugʻlik

  2. Yaqindagina keltirilgan vagonchalarda tartib oʻrnatildi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

  3. Uydagi tartib va ozodalik uning bahrini ochib yuborgan edi. S. Zunnunova, Yangi direktor

3. Shaxs yoki narsalarning oʻrinlashish tizimida qoʻllangan yoʻl; sira.

  1. Pochtaxona orqaga qiyaroq oʻrnatilgan gazeta vitrinasidan iborat boʻlib, unga alifbo tartibida yashiklar oʻrnatilgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

4. Yoʻl-yoʻriq, usul, yoʻsin.

  1. xon qoʻshinlarning shaharga kirish va joylashish tartibini oldindan oʻylab qoʻygan edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

tartib soʻzi qatnashgan jumlalar:

Kun tartibi

1. Majlisda muhokamaga qoʻyiladigan masalalar.
  1. Majlisni Ibrohimov ochdi va kun tartibini eʼlon qildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

2. koʻchma Navbatda turgan vazifa.
  1. Men bu bilan damba masalasini kun tartibidan chiqarib tashlash kerak, demoqchi emasman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

Tartibga solmoq

Tartibli holga keltirmoq.
  1. sochlarini tartibga soldi-yu, oʻrnidan turib, shohi atlas koʻrpa-koʻrpachalar toʻla taxmonga bordi. K. Yashin, Hamza

  2. Stolni tartibga solayotgan Nargizaga koʻmaklashdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Tartib bermoq (yoki qilmoq)

Tuzmoq.
  1. [Mashhadiy] Tunlarni uyqusiz kechirib, Devon ham tartib qilgan. Oybek, Navoiy

Tartib son

tlsh. Sonning qator, sira bildiruvchi shakli, masalan beshinchi (sinf), sakkizinchi (xona).

TARTIB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТАРТИБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
30937
So‘zning teskari yozilishi
bitrat
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tartib so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tartib so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+