Izoh.uz saytida tashvish so‘zining izohi va ma’nolari

tashvish

1. Koʻzlangan ish, maqsad va shu kabilar yoʻlidagi oʻy-fikr, xatti-harakat; bezovtalik, taraddud.

  1. Roʻzgʻor tashvishi. Tirikchilik tashvishlari. Toʻy tashvishlari.

  2. Har bir kunning oʻziga xos ishi va tashvishi bordir. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

  3. Adolat kechasi bilan chanqoq gʻoʻzalar tashvishida uxlolmadi. I. Rahim, Chin muhabbat

  4. Mana endi Oʻskinboyda yangi tashvish: adirlardan yer ochmoqchi. Oʻzbekiston qoʻriqlari

  5. Xoʻrozlarning soʻnggi qichqirigʻidan uygʻonayotgan qishlogʻimizning kun-lik yoqimli tashvishlari boshlanayotgan edi. Saodat

2. Baxtsizlik, judolik va shu kabilar tufayli yuz beradigan his-tuygʻu; gʻam, qaygʻu.

  1. Tashvish tortmoq (chekmoq). Boshiga (koʻngliga) tashvish tushdi. Oʻylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish. Maqol

  2. Tashvish qiz bolaning husnini olarkan, shoʻxligini ham, ovozidagi latofatini ham quvarkan. S. Ahmad, Ufq

  3. Sizga bir maslahatim: koʻp kuyinchak boʻlavermang, yurak kasalligi aksariyat ikir-chikir tashvishlardan kelib chiqadi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor

3. Notinchlik, azob-qiynoq beradigan narsa-hodisa va shu tufayli yuzaga keladigan holat; kulfat, savdo.

  1. Yosh olimning musofirchilikda boshidan kechirgan kulfatlari bu tashvishlar oldida hech gap emasdi. M. Osim, Jayxun ustida bulutlar

  2. Shundoq ilm-u amal bilan kunlari oʻtib turgan Meʼmor boshiga tushgan ulkan kulfat — oʻgʻlining hibs etilishi hammasini bir tomonga uloqtirib tashladi. Mirmuhsin, Meʼmor

tashvish soʻzi qatnashgan jumlalar:

Tashvish qilmoq

ayn. Tashvishlanmoq.
  1. Unchalik tashvish qiladigan gap yoʻq. Uch vagon molimizni brak qilishibdi. Mushtum

Tashvishga solmoq (yoki qoʻymoq, tushirmoq)

1. Tinchini buzmoq, bezovta qilmoq, urintirib qoʻymoq. —
  1. Tashvishga soldikmi? — dedi bika, qorakoʻl popogʻini boshidan olib. J. Sharipov, Xorazm

  2. Mart oyigacha moʻtadil boʻlib turgan havo birdaniga aynidi. Tabiatning bu notantiligi paxtakorlarni tashvishga solib qoʻydi. N. Safarov, Xadicha Ahrorova

2. Qaygʻurtirmoq, gʻam-qaygʻuga, xavotirlikka solmoq.
  1. Qobil karvonning qamoqqa olinishi Abdurahmonboy xonadonini qattiq tashvishga solib qoʻydi. H. Gʻulom, Mashʼal

Tashvishga tushmoq

1. Tinchi, oromi buzilib bezovta boʻlmoq, urinmoq.
  1. Kuz havosi past keldi: kolxozchilar tashvishga tushib qolishdi;

2. Gʻam chekmoq, xavotirlikka tushmoq.
  1. [Hasanali] Bu oʻrtada qanday tashvishlarga tushmadi, soʻrasangiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

Tashvishini qilmoq

Biror narsa taraddudida, harakatida boʻlmoq, oʻylamoq.
  1. Toʻy tashvishini qilmoq. Roʻzgʻor tashvishini qilmoq.


TASHVISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТАШВИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
31017
So‘zning teskari yozilishi
hsivhsat
Harflar soni
8
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tashvish so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tashvish so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+