Izoh.uz saytida taxt so‘zining izohi va ma’nolari

taxt

1. Rasmiy qabul va boshqa tantanali marosimlarda shoh, xon va amir oʻtirishi uchun saroy toʻriga oʻrnatilgan, maxsus bezatib ishlangan joy, hashamatli oʻrindiq.

  1. Xon taxtda edi. Ung taraf kursida Abdurahmon oftoba-chi va soʻlda shoir mulla Niyoz domla qoʻl bogʻlab oʻtirar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

  2. Shayboniyxon u bilan taxt ustidan tushmasdan soʻrashdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

  3. Abusaid toʻppa-toʻgʻri Arkka koʻtarilib, katta hovlidagi qadimiy taxtga oʻtirdi. Mirmuhsin, Meʼmor

2. Podshoh, xon, amir lavozimi; podshoh-lik, xonlik, amirlik.

  1. Agar kushoyishi koringizni berib, taxt Jahongir mirzoga oʻtsa, siz uning eng ishongan rahnamosi boʻlursiz. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

  2. Zulm, taxtga qarshi isyon Sharq koʻksida toʻlib toshdi. Gʻayratiy

3. koʻchma Mansab, lavozim (oʻrni).

  1. Taxtda yolgʻiz boʻlishni, barcha ogʻziga tikilib oʻtirishini istardi Qayumxon. F. Musajonov, Himmat

taxt soʻzi qatnashgan jumlalar:

Taxtga chiqmoq (yoki oʻtirmoq, minmoq)

1. Shoh, xon yoki amir lavozimiga koʻtarilmoq, hokimiyat tepasiga chiqmoq.
  1. Aslida bu otni Ulugʻbek mirzo Samarqand taxtiga chiqqan paytida Buxoro begi tuhfa etgan edi. Mirmuhsin, Meʼmor

  2. bir kuni odil bir amirzoda Xuroson taxtiga oʻtirgach, zolimni jazolaydi, deb oʻylardi. Mirmuhsin, Meʼmor

2. Biror vazifaga, lavozimga koʻtarilmoq.
  1. Xalilovning texnikasi, Xalilovning oʻzi ham eskirib qolgan emish. Sen qoch, men chiqaman taxtingga, degani emasmi bu tirmizakning. I. Rahim, Ixlos

Taxtdan tushmoq (yoki yiqilmoq)

1. Shohlik, xonlik, amirlik lavozimidan ajralmoq, hokimiyat tepasidan tushmoq.
  1. Haydar ota shaharga borgan edi, oq poshsho taxtdan tushdi degan gapni eshitib qoldi. A. Qahhor, Asror bobo

2. koʻchma s. t. Vazifasidan, amalidan tushmoq, bekor boʻlmoq.
  1. Yaxshisi, oʻsha kuni, oshpazlik taxtidan tushgan kuning, oʻzingni osib qoʻya qolsang ham boʻladi. Shuhrat, Shinelli yillar

Foydalanish yoki ishlatish uchun tayyor, shay; muhayyo.

  1. Hamma narsa ishni boshlash uchun taxt. S. Karomatov, Soʻnggi barxan

  2. Miltiqlar taxt, otlar tayyor, lekin kimningdir qush olib kelishini kutishar edi. A. Qahhor, Xotinlar

taxt soʻzi qatnashgan jumlalar:

Taxt turmoq

Chidab, bardosh berib turmoq; tek turmoq; sabr qilmoq.
  1. [Sharofat] Gʻazabidan emas, otilayotgan narsalarga chap bermay, taxt turgan Sidiqjonning olov sochayotgan koʻzlarini koʻrib, qoʻrqqanidan otar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

Taxt qilmoq

Tayyor, muhayyo holga keltirmoq.
  1. Men Yoʻldoshning maoshini yigʻib, toʻyni taxt qilib qoʻyibman. H. Gʻulom, Toshkentliklar

  2. Butazorda yigitlar qurollarini taxt qilib, dushmanni poylab yotishdi. T. Rustamov, Mangu jasorat


TAXT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТАХТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
31114
So‘zning teskari yozilishi
txat
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

taxt so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, taxt so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+