Izoh.uz saytida taxta so‘zining izohi va ma’nolari

taxta

1. Xodadan uzunasiga tilib olingan yassi yogʻoch boʻlagi.

  1. Qaragʻay taxta. Taxtani randalamoq.

  2. Birinchi xonaga kiraverishda uzun enli taxta qoʻyilibdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik

  3. Gʻulomjon daladagi terakzorlaridan toʻrtta baqaterakni kestirib, taxta tildirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

2. Boʻr bilan xat yozish uchun maxsus yasalgan maktab-oʻquv quroli.

  1. Xonada oʻntacha eski, chang bosgan parta, kiraverishdagi devorga kattakon qora taxta qoqilgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  2. Bolalarda daftar-u qalam, sinfda taxta-yu boʻr boʻlsa ham, oʻqish kitoblarining yoʻqligi Gʻulomjonni yomon dilxun qilar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

3. tar. Abjad yozilgan dastali taxtacha (eski maktabda oʻquv quroli sifatida ishlatilgan).

  1. Ikki hafta harflar yozilgan taxta oʻqiganimdan keyin domla: — Shanba kuni haftiyakka tushasan — dedi. A. Qahhor, Oʻtmishdan ertaklar

4. Turli maqsadda foydalanish uchun taxta, faner va shu kabilardan ishlangan narsa.

  1. Shaxmat taxtasi. Eʼlonlar taxtasi. Yodgorlik taxtasi. Osh taxta,

  2. Men uni tennis taxtasiga boshlab, oʻzimcha oʻyin qoidasini tushuntirgan boʻldim. H. Nazir, Yonar daryo

  3. Turli voqelik va yangiliklarni yoyishda shior va plakatlar, tematik stend va koʻrsatkich taxtalari alohida oʻrin tutadi. Gazetadan

5. Turli oʻlchamdagi toʻrt burchak yaxlit qogʻoz, varaq.

  1. Qoching! Oʻzim yozaman, dedim. Oʻtirib, yetti taxta qogʻozni toʻldirdim, eshitganlarimning hammasini yozdim. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir

  2. Anavi qutida yaxshi, koʻk chiziqli taxta qogʻoz bor, oʻshandan ikki varagʻini olib, mana bu yerga oʻtir, qizim [dedi Onaxon]. A. Muxtor, Opa-singillar

6. Shu taxlitdagi, oʻlchamdagi oyna, tosh, metall va shu kabilar; plita.

  1. Marmar taxta. Bir taxta tunuka. Bir taxta oyna. Taxta choy.

  2. Maydonning bir chekkasidagi keksa majnuntol ostida bir-biriga suyab qoʻyilgan ikkita qora tosh taxta sagʻana shaklini olib turar edi. A. Qahhor, Xotinlar

  3. Chetroqqa chiqib, beton taxtaga oʻtirdim. S. Siyoyev, Yorugʻlik

7. q. x. Marza bilan ajratilgan yer boʻlagi; karta.

  1. Ikki taxta poliz. Tuyaning hazili bir taxta gʻoʻzani yeydi. Maqol

  2. Soyga tushguncha koʻndalang egatli alohida taxta boshlanadi. A. Qodiriy, Obid ketmon

  3. Ochilgan yerni katta-katta taxta Qilib, ish boshladi ekmakka paxta. Habibiy

taxta soʻzi qatnashgan jumlalar:

Taxta boʻlib qolmoq yoki taxtaday qotib qolmoq

Qoʻrquv yoki hayratdan tong qotib qolmoq, hayron boʻlib qolmoq.
  1. Mezbon, u bilan ikki-uch ogʻiz gapirishdi-da, bilmadim, nima sir oʻtdiki, turgan yerida taxta boʻlib qoldi. A. Qahhor, Sarob

  2. Maymun tilkalangan qurbonini koʻtarib, derazada koʻringan-da, matros taxtaday qotib qoldi. Fan va turmush

Taxtaga olmoq (yoki tortmoq)

Siquv holatiga olmoq, iskanjaga olmoq.
  1. Gʻiyosiddin qiziq holga tushdi. Oqsoqol uni ikki modda bilan taxtaga tortib, til-jagʻini bogʻlab qoʻygan edi. S. Ahmad, Hukm

  2. Oqsoqol koʻrsa, meni taxtaga torttiradi, seni raisga topshiradi. S. Siyoyev, Yorugʻlik

  3. Risolatoyni avval taxtaga olib qarasam, Rustambek bilan ikkovining orasida ozgina elchiligi bor ekan. Hamza, Paranji sirlari

Suyanchiqsiz keng divan.


TAXTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТАХТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
31110
So‘zning teskari yozilishi
atxat
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

taxta so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, taxta so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+