Izoh.uz saytida tebrat so‘zining izohi va ma’nolari

tebrat

1. Tebranma harakatga keltirmoq, bir tekisda u yoq-bu yoqqa chayqaltirmoq; umuman qimirlatmoq.

  1. Boshni tebratmoq. Beshikni tebratmoq.

  2. Mayin tong shabadasi rang-barang gullarni sekin tebratib, atirlarini har yoqqa sepadi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Uzun sariq kapgirini bir maqomda tebratib chiqillayotgan katta devor soat uzib-uzib dangʻillay boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi

2. Joyidan qoʻzgʻatmoq, biror tomonga surmoq, siljitmoq, qimirlatmoq.

  1. Uni hech tebratib boʻlmaydi, shunaqangi ogʻir karvon.

  2. Amir Badriddin kuchli xatarlar bilan dushmanni asta-asta tebratib, harakatdan mahrum qilishga tirishardi. Oybek, Navoiy

3. koʻchma Larzaga keltirmoq, solmoq.

  1. Men gapimni tamom qilib, endigina blindajga tushib ketmoqchi edim, qandaydir snaryadlarning chinqirigʻi quloqqa xunuk eshitildi va birin-ketin gumburlab, oʻrmonni tebratib yuborgudek boʻldi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan

4. Biror ishni olib bormoq, yurgizmoq.

  1. Oilani tebratmoq.

  2. U [Mahmud Torobiy] sahardan to shomgacha mehnat qilib, katta roʻzgʻorini tebratib turardi. M. Osim, Mahmud Torobiy

  3. Ikki oʻgʻil uyni gulday tebrata boshladi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir

  4. Bundan keyin dehqonchilikni bilim-siz tebratish qiyin-da. H. Nazir, Eng muhimi

  5. Gapiga gap topib berolmay, suvga tushgan mushukday bir chekkada oʻtirishlik holing bor ekan, idora tebratish sendaqaga yoʻl boʻlsin. J. Abdullaxonov, Xonadon

tebrat soʻzi qatnashgan jumlalar:

Qalam tebratmoq

Ijod qilmoq, yozmoq.
  1. Maʼruf Nazarov kinematografiya, dramaturgiya va qoʻshiqchilik sohasida ham dadil qalam tebratyapti. X. Yodgorov, Hayot toʻl-qinlari

  2. Yozuvchi qandaydir tanish manzarani, tanish shaxsni koʻz oldiga keltirib turib, qalam tebratadi. U. Normatov, Talant tarbiyasi


TEBRAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТЕБРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
31173
So‘zning teskari yozilishi
tarbet
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tebrat so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tebrat so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+