Izoh.uz saytida tekis so‘zining izohi va ma’nolari

tekis

1. Yuzida gʻadir-budir, baland-past, oʻnqir-choʻnqir joylari boʻlmagan; silliq.

  1. Tekis taxta. Tekis maydon. Tekis devor.

  2. Kecha qorongʻi va tumanli edi. Keng, tekis koʻchaga uzoqdan chiroqlar tuman ichida xira, sovuq nur sepadi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Yoʻl tekis, mashina siljimasdi. S. Ahmad, Ufq

2. Joylashish, oʻlcham (hajm yoki boʻy) va shu kabilar jihatdan bir xil.

  1. U jilmayganida, qizlarnikiga oʻxshash, tekis tishlari yarq etib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  2. Boʻyi baland, qomati kelishgan, qora soqoli iyagida tekis qilib qirqilgan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  3. Koʻk bluzka kiygan ikki qiz Bashoratlarning oldiga keldi. Ular bir-birlariga juda oʻxshar, boʻylari ham tekis, juda chiroyli qizlar edi. A. Muxtor, Opa-singillar

3. Bir maromda, bir xil tezlikda.

  1. Tekis harakat. Tekis odim.

  2. Xuddi sirk otlariday bezatilgan semizgina, silliqqina boʻz ot tekis olib ketdi. Oybek, Nur qidirib

  3. Undan nariroqda qora kalxat, sanʼatini namoyish qilayotganday, bir tekis suzib yuribdi. N. Fozilov, Diydor

4. rvsh. Baravariga, yoppasiga bir vaqtda; shigʻa, qiygʻos.

  1. Urugʻlarni tekis undirib olmoq. Giloslar bir tekis gulladi. Gʻoʻzalar bir tekis unib chiqdi.

  2. Har safar tekis chiqib, yashnab oʻsayotgan yam-yashil gʻoʻzalarni koʻrganimda paxtazordan chiqqim kelmas edi. O. Yoqubov, Ikki muhabbat

5. Har jihatdan teng, baravar, bir huquqdagi.

  1. Suv xudoyimning mulkimi? Xaloyiq tekis ichadi. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Meni saylang, negakim, Endi qadrdon boʻla-man. Bir tekis hammangizga Xizmati bajon qilaman. Hamza

6. koʻchma s.t. Beishkal, silliq; bir xil qilib.

  1. Ishi juda tekis. Hamma ish tekis boʻlib ketdi.

  2. Musa koʻsa bir yerda turmas, chigitlarni bir tekisda ekish kerakligini, chigit toʻrt enlikdan chuqur boʻlmasligini hadeb tayinlardi. S. Ahmad, Hukm

7. s. t. Kelishgan, chiroyli.

  1. Oʻrtada oʻn olti-oʻn yetti yashar bachcha oʻynaydi. U rang-siz, xipcha, tekisgina, yana toʻgʻrirogʻi, popukday bola. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Anov togʻ bilan manov togʻ egiz ekan, Jami qizdan oxun qizi tekis ekan. Oq olma, qizil olma


TEKIS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТЕКИС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
31218
So‘zning teskari yozilishi
siket
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tekis so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tekis so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+