Izoh.uz saytida tentira so‘zining izohi va ma’nolari

tentira

1. Aniq bir maqsadsiz kezib yurmoq, bekorga sanqib, vaqt oʻtkazmoq, kezmoq.

  1. U [Yormat] butun kun kuyib-yonib, boshi oqqan yerlarda jinnilarday tentirab, xufton vaqtida boynikiga sanqib kelib qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. U koʻp tentirab charchagani ustiga, singlisini uzoq yolgʻizlatib qoʻyganidan xijolatda edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar

  3. Kun boʻyi tentiragani tentiragan. Hoʻkizday yigit boʻlib qolganidan xabari yoʻq. E. Raimov, Ajab qishloq

2. Sarson-sargardon boʻlmoq, sargardonlikda yurmoq.

  1. Senlarning zulmingdan qancha odamlar tentiradi. Oʻz qishlogʻiga oʻzi sigʻmadi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  2. Axir, nima deysiz, ochmiz demay, sovuqmiz demay, ketingizda bir yil tentiradik. H. Ahmar, Kim haq?

3. koʻchma Kezmoq, esmoq; izgʻimoq.

  1. Dashtning salqin shamoli tentirab, chodirning ipagini yengil mavjlantiradi. Oybek, Navoiy

  2. Yer ustida bulutlar soyasi tentirab qoldi. M. Mansurov, Yombi

4. shv. Charchash, kasallik va shu kabilar natijasida chayqalib yurmoq, gandiraklamoq.

  1. U [Saidiy] mast kishiday tentirar edi. A. Qahhor, Sarob

  2. U [Muxtorxon domla] yarim yoʻlgacha chamadonlarni ozod koʻtarib, bardam qadam tashlab bordi-yu, undan nari rangi oqarib, tizzalari qaltirab, tentiray boshladi. A. Qahhor, Toʻyda aza

  3. Maydon birdan qoʻzgʻaldi. Boshiga qon quyilgan, koʻzlari qip-qizil odamlarning qad koʻtarganlari tentirab ketdi, belini yozolmaganlari qichqirib yubordi. A. Muxtor, Chinor

5. shv. Nima qilishni bilmay qolmoq, oʻzini yoʻqotib qoʻymoq; sarosimaga tushmoq; esankiramoq.

  1. Janjalning foydasi shundan iboratki, Ehson yengilsa, tentiraydi, yordam beradigan kishi izlaydi. A. Qahhor, Sarob


TENTIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТЕНТИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
31346
So‘zning teskari yozilishi
aritnet
Harflar soni
7
Ko‘rishlar soni
5
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tentira so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tentira so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+