Izoh.uz saytida tikla so‘zining izohi va ma’nolari

tikla

1. Tik, vertikal holatga keltirmoq, tikka qilmoq, tikka qilib qoʻymoq.

  1. Yiqilgan gʻoʻza tuplarini tiklamoq.

  2. Joʻraposhsho pastga tushib, shotini tiklab qoʻydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  3. Sulton boʻzchi kamon singari egilgan qaddini tiklab, bazoʻr oʻrnidan turdi. N. Safarov, Sulton boʻzchining nevaralari

2. Qurmoq, bino qilmoq, bunyod etmoq.

  1. Utgan yilning bahorida mana shu joyni tiklab oldim. M. Abdulla, Kutilmagan mehmon

  2. Qurilish maydonida ish jadal Birov palatka tiklayapti, ikkinchi bir kishi chizmalarga belgilar qoʻyyapti. S. Karomatov, Bir tomchi qon

  3. Birgalashib choʻlda birinchi oq uyni tiklaganmiz. Oʻzbekiston qoʻriqlari

3. Yoʻq boʻlgan, ishdan chiqqan, xarob boʻlgan va shu kabilar narsalarni bor qilmoq, asl holiga keltirmoq.

  1. Arxitektura yodgorliklarini tiklamoq. Xoʻjalikni tiklamoq.

  2. Vodokachkani tiklagani gʻisht, qum tashish kerak boʻlganida, otining tuyogʻiga mix qoqib, oqsatib qoʻygan kim edi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  3. Xoʻjalik rahbarlarining ishiga — mehnat ahlining salomatligini tiklash haqida qilayotgan gʻamxoʻrliklariga qarab baho berilmoqda. Oʻzbekiston qoʻriqlari

  4. Sex qoloqlikdan chiqib, avvalgi shuhratini yana tikladi. Gazetadan

  5. Bois Ergashev radiostansiyani qayiqqa ortib, uzilib qolgan aloqani tikladi. N. Safarov, Olovli izlar

4. Unutilgan, esdan chiqib ketgan narsalarni yuzaga keltirmoq; bekor qilingan, rad etilgan narsalarni qayta joriy qilmoq, qaytarib bermoq.

  1. Aloqa-munosabatlarni tiklamoq. Huquqini tiklamoq.

  2. Umid eslab-eslab, keyinchalik ona allasining deyarli hammasini tiklab oldi. Mirmuhsin, Umid

5. Qayta oʻz oʻrniga, ishiga qoʻymoq.

  1. Direktor nohaq ishdan boʻshatilganlarni yana tikladi.

6. shv. Boshini koʻtargan holda tik qaramoq.

  1. Tersak damini ichiga olib, tishini tishiga qoʻyib, kiprigini qoqmay tiklab qoldi. Ravshan

  2. Hech nimaman ishi boʻlmay, Hamma angrayib tiklab qolgan. Murodxon


TIKLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТИКЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
7969
So‘zning teskari yozilishi
alkit
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tikla so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tikla so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+