Izoh.uz saytida tin so‘zining izohi va ma’nolari

tin

1. Loyqa va shu kabilar aralashmalarning choʻkishi natijasida tozalanmoq; tinimoq (suyuqlik haqida).

  1. Loyqa suv bir kechada zoʻrgʻa tindi.

  2. Kun isib ketdi. Har qadamda xalqob boʻlib yotgan koʻlmaklar yerga singib, ariqlardagi loyqalar tina boshladi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar

2. Gard-gʻubor, xira holatdan toza boʻlmoq, tiniqlashmoq, ravshan boʻlmoq.

  1. Yuvosh nurlar oʻynaydi, osmon gulday yashnar tobora tinib. Sh. Rahmon

3. Ish, harakatini toʻxtatmoq; dam olmoq.

  1. U kun boʻyi tinmadi. Eshak minganning oyogʻi tinmas, Ikki xotinlikning qulogʻi tinmas. Maqol

  2. Oʻyinqaroq It tinsa tinadi, qush tinsa tinadi, bu tinmaydi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar

  3. Xotinlar, qaytaga, Onaxon ishdan tingan paytlarda toʻplanadigan boʻlishdi. A. Muxtor, Opa-singillar

4. Harakati va oʻzi toʻxtamoq, bosilmoq.

  1. Ariqda jildirab oqayotgan suv tindi.

  2. Boʻron tinardi-yu, hamma yoq sokin boʻlardi. Oʻzbekiston qoʻriqlari

  3. Maktab koridorida kechgacha gʻala-gʻovur tinmaydi. R. Fayziy, Sen yetim emassan

  4. Ertalab yomgʻir tingan, havo naqadar muloyim va orombaxsh. J. Abdullaxonov, Oriyat

  5. Otishmalar sekin-asta tindi. N. Safarov, Olovli izlar

tin soʻzi qatnashgan jumlalar:

Ogʻzi (yoki jagʻi, chakagi) tinmoq

Gapirishdan toʻxtamoq, jim boʻlmoq. [Yormatning]
  1. Qoʻllari etikni ishqalarkan, ogʻzi tinmadi: — Uh, oʻlib boʻldim, qizim! Yolgʻiz qoʻyni haydash — nuqul azob. Oybek, Tanlangan asarlar

  2. Shisha boʻshab, navbat pirojniyga yetgan mahal ham Gʻoyibning jagʻi tinmadi. J. Abdullaxonov, Oriyat

  3. Hamma shirin uyquda. Duranbekning qoʻrgʻonidagi boʻribosarning ham chakagi tingan. A. Muhiddin, H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz

Koʻzi tinmoq

Boshi aylanib, koʻzi xiralashmoq, koʻz oldi qorongʻilashmoq.
  1. Tinkam qurib, koʻzim tinib, zoʻrgʻa shu yerga yetib yiqildim, singlim. N. Safarov, Hayot maktabi

  2. Salimxon qarorni oʻqiyotganda, qoʻllari qaltiradi, koʻzi tinib, boshi aylandi. H. Gʻulom, Mashʼal

  3. Uning qoʻl-oyoqlari titrab, oʻtirgan joyida koʻzi tina boshladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Koʻngli tinmoq

Xotirjam boʻlmoq, koʻngli toʻq, boʻlmoq.
  1. Shunday desam, doʻstim koʻngli toʻlar deb, Nima boʻlsa, mendan koʻngli tinar deb, Shul sababdan yoring koʻnglin soʻradim. Murodxon

Oʻzidan tinmoq

Oʻzini oʻzi eplab, oʻz kunini oʻzi koʻradigan boʻlib olmoq, tinchimoq.
  1. Salomat toʻgʻrisida bir nima demayman. Shukur, u oʻzidan tinib ketdi. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman

  2. Ona, oʻzimdan tinib ketganman, biroq Sening darding qalbimni siqadi har choq. Gʻayratiy


TIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
8079
So‘zning teskari yozilishi
nit
Harflar soni
3
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tin so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tin so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+