Izoh.uz saytida tirik so‘zining izohi va ma’nolari

tirik

1. Oʻlmagan, hali yashab turgan; hayot, barhayot.

  1. Ikkita tirik katta baliqning boʻgʻzidan kanop oʻtkazib, hovuzga tashlab qoʻyildi. Mirmuhsin, Soʻgal

  2. E, onajonginam, qani endi, sen ham shu yerda tirik boʻlsang-u, oʻz oʻgʻlingning qanday odam boʻlganini koʻrsang, deb xayol qildi [Elmurod]. P. Tursun, Oʻqituvchi

  3. Alhamdulilloh, koʻrdim, tirik ekansan, noqobil bolam. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Oʻsimlik yoki hayvonot dunyosiga oid; jonli.

  1. Tirik tabiat. Tirik organizm.

3. Oʻzining yangi vaqtdagi koʻrinishini, tarovatini yoʻqotmagan, soʻlmagan (oʻsimlik, uning guli, mevasi va shu kabilar haqida).

  1. Sabzining tirik-tirigini terib olmoq. Bodring suvda tirik turadi.

4. Kuch-quvvatini yoʻqotmagan; bardam, tetik.

  1. [Buvim] Tirikkina kampir, hassa tutmaydi. Oybek, Bolalik

5. Tiyrak; sergʻayrat, harakatchan.

  1. Hamida oʻn olti yoshlardagi tirik, quvnoq qiz. A. Qahhor, Adabiyot muallimi

6. koʻchma Yashayotgan, saqlanib qolgan, jonli, barhayot.

  1. Azim togʻa bilan suhbatlashgan odam uni tirik tarix deydi. Oʻzbekiston qoʻriqlari

  2. Bu taxt-u saltanatlar benom-u nishon yoʻqolur, faqat meʼmor-u musavvirlar yaratgan zoʻr sanʼat asarlari tirik qolur, degan aqidalar bizga maʼlum. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

7. koʻchma Yaxshi pishib yetilmagan (asosan ovqatga solingan don haqida).

  1. Mastavaning guruchi tirik, bir oz qaynasin. Mosh hali tirik.

  2. Xayolim qochib, kabobni qayish qilib qoʻyibman. Osh ham tirik boʻlibdi. P. Qodirov, Qadrim

tirik soʻzi qatnashgan jumlalar:

Koʻz tirigida

Hayot vaqtida, hayotligida, oʻlmasdan.
  1. [Ona:] Koʻzimning tirigida orzu-havasini koʻrsam, deyman bolaginamning. I. Rahim, Chin muhabbat

  2. Endi koʻzimning tirigida eng kichik Yusufjon ukangni ham xatna qildirib qoʻysam, deyman. Boʻtakoʻz

Tirik vazn

Hayvonning tiriklayin tortilgandagi ogʻirligi.
  1. Goʻshtga topshirilgan har bir qoramolning tirik vazni oʻrtacha 400 kilo-grammga yetdi. Gazetadan

Tirik yetim

Ota-onasi oʻlmagan, ammo ulardan biror sabab bilan judo boʻlgan bola haqida.
  1. [Sharofat:] Bolam tirik yetim boʻlmasin, deb keldim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

Tirik jon

Yashab turgan inson haqida, unga nisbatan qoʻllanadi.
  1. Hay, mayli, tirik jon nimalarni koʻrmaydi! Nima boʻlsa, koʻraveramiz! P. Tursun, Oʻqituvchi

Tirik tovon


TIRIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТИРИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
8139
So‘zning teskari yozilishi
kirit
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tirik so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tirik so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+