Izoh.uz saytida tiy so‘zining izohi va ma’nolari

tiy

1. Biror ish-harakatdan toʻxtatmoq, undan oʻzini yoki kimsani qaytarmoq; bosmoq, erk bermaslik.

  1. Koʻz yoshini tiymoq. Koʻzing ogʻrisa, qoʻlingni tiy; iching ogʻrisa, nafsingni tiy. Maqol

  2. U beixtiyor yenglarini shimararkan, kichkinagina gavdasida tiyib boʻlmas kuch paydo boʻlgandek edi. A. Muxtor, Tugʻilish

2. Kutib, kutkilab, tergab yoʻlga solmoq; nojoʻya ish, yoʻl va shu kabilardan qaytarmoq: tergamoq.

  1. Siz otamisiz, nimasiz axir, oʻgʻlingizni tiyib olish sira esingizga keladi-mi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  2. Yaxshi otadan yomon bola tugʻilsa ham boʻlar ekan. Otasi qandayin nozanin juvon toʻgʻri kelsa ham, koʻz qirini tashlamas edi. Bu bebosh boʻlib ketdi, tiyadigan kishisi boʻlmadi. Oydin, Mardlik — mangulik

tiy soʻzi qatnashgan jumlalar:

Ogʻzini (yoki tilini) tiymoq

1. Biror narsa deyishdan, gapdan oʻzini tutmoq, gapirishdan toʻxtamoq, ogʻziga erk bermaslik.
  1. Hoy bola, tilingni tiy!

  2. Komila ham ha-zil bilan javobga hozirlandi-yu, yana tilini tiydi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

  3. Yigitcha cholga dashnom berib borardi, ogʻzini tiyadiganga oʻxshamaydi. Mushtum;

2. Gapirtirmay qoʻymoq, gapirishdan toʻxtatmoq, gapirmaslikka majbur qilmoq.
  1. [Elmurod:] Koʻp alam oʻtganidan tilim shunaqa yomon boʻlib qolgan. Xoʻjayinlar urib-soʻksalar ham, tilimni tiya olmadim. P. Tursun, Oʻqituvchi

  2. Ogʻzini tiyib qoʻyolmaysizlarmi?! I. Rahim, Ixlos

Oʻzini tiymoq

Biror harakat-holatdan oʻzini tutmoq, saqlamoq; tiyilmoq.
  1. Shojalil yana Odam emasman, yuz nima qiladi menda? demoqchi boʻldi-yu, oʻzini tiydi. Yu. Shomansur, Qora marvarid

  2. Qarsak chalishdan oʻzini tiyib, odamlarga boqib jilmayar edi. N. Safarov, Olovli izlar

Qadamini tiymoq

Biror joydan qadamini uzmoq, borish-kelishni toʻxtatmoq.
  1. [Olaxoʻja] Gapni ginaxonlikdan boshladi: — Juda qadamingni tiyib qoʻyding. Kelib, togʻangdan, holing qalay, deb surishtiray ham demaysan-a. P. Tursun, Oʻqituvchi


TIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
8256
So‘zning teskari yozilishi
yit
Harflar soni
3
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tiy so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tiy so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+