Izoh.uz saytida toʻgʻrila so‘zining izohi va ma’nolari

toʻgʻrila

1. Toʻgʻri shaklga yoki holga keltirmoq, toʻgʻri, adil, tik qilmoq.

  1. Simni toʻgʻrilamoq. Daryo oʻzanini toʻgʻrilamoq. Egilgan oʻqni toʻgʻrilamoq. Egri bitganni el toʻgʻrilaydi. Maqol

  2. — Dardingizga davo men-da! — u qaddini toʻgʻrilab yana jilmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Xato, nuqson va shu kabilarni yoʻqotmoq, tuzatmoq.

  1. Imlo xatolarini toʻgʻrilamoq. Talaffuzni toʻgʻrilamoq. Soatni toʻgʻrilamoq.

  2. Gulnor aytganiga pushaymon qildi, xatosini toʻgʻrilash uchun soʻzlamoqqa majbur boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Tegishli vaziyatga keltirmoq, tartibga solmoq, tuzatmoq.

  1. Yoqangni toʻgʻrilab ol.

  2. Anvar qizning yuzidan oʻpdi va uning toʻzgʻigan sochlarini toʻgʻrilab, hayotbaxsh kokillarning muattar boʻyini uzoq hidladi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

4. Biror tomonga qaratmoq, roʻpara qilmoq; yoʻnaltirmoq.

  1. Projektorlarni samolyotga toʻgʻrilamoq.

  2. Chol u yoq-bu yoq surib oʻrtadagi xodani xayol qilingan ip yoʻliga toʻgʻrilab qoʻydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

  3. Gulnor umrimga egov boʻldi. Yana u Mirzakarimboy xonadoniga boshlik boʻlib kekkaysin, hech kim bilan soʻzlashmasin, tugʻsin, boylikning nishabini oʻz tomoniga toʻgʻrilasin. Oybek, Tanlangan asarlar

  4. U xayol surarkan, kimningdir koʻli yelkasiga qoʻyilganini sezib, darhol orqasiga burildi va yuzini yuziga toʻgʻrilab turgan Lolani koʻrdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli

  5. Birov yoshga tegadi, birov boshqaga. Xudo yulduzingni oʻshanga toʻgʻrilagan ekan, choramiz yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar

5. s. t. Epini, ilojini qilib bitirmoq, yuzaga keltirmoq, muhayyo qilmoq; eplashtirmoq.

  1. Mushkul ishni toʻgʻrilamoq.

  2. Bu haqda tashvish qilmang, oʻzimiz toʻgʻrilaymiz.

  3. Ho-zir sekretarning oldiga tushgin, u hammasini toʻgʻrilab beradi. Oydin, Uyaldi shekilli, yerga qaradi

  4. Nainki, amirzoda, bu ishni ustod Qavomning bir ogʻiz soʻzi bilan ham toʻgʻrilamoq mumkin Mirmuhsin, Meʼmor

toʻgʻrila soʻzi qatnashgan jumlalar:

Kavushini toʻgʻrilab qoʻymoq

  1. Kavushini toʻgʻrilab qoʻyish kerak, kuralishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi bu. A. Muxtor, Tugʻilish


TOʻGʻRILA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТЎҒРИЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
8314
So‘zning teskari yozilishi
alirʻgʻot
Harflar soni
9
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

toʻgʻrila so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, toʻgʻrila so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+