Izoh.uz saytida toʻk so‘zining izohi va ma’nolari

toʻk

1. Suyuq yoki sochiluvchan narsalarni idishdan tushirmoq, sochilishiga yoʻl qoʻymoq.

  1. Shoʻrvani toʻkmasdan olib kel. Oshni toʻkmasdan ye! Shakarning yarmini yoʻlda toʻkib kelibsan.

2. Duv tushirmoq, tashlamoq.

  1. Gʻoʻzalarning bargini toʻkmoq.

  2. Keksa oʻrik daraxtlari paxsa devorlarni qoʻltiqlab olganday, gullarini koʻchaga toʻkib yotardi. A. Muxtor, Opa-singillar

  3. Men chiqdim-u, bodom shoxidan Toʻda qushlar gurr etib ketdi. Tagdoʻzi doʻppili bodomning Gullarini duv toʻkib ketdi. T. Toʻla

3. Agʻdarib boʻshatmoq, agʻdarmoq.

  1. Bola sutni toʻkib yubordi. Grafindagi suvni toʻkib tashladim.

  2. Oʻzbek oyim burchakda bola koʻtarib oʻtirgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni toʻkib kelishga buyurdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. [Ayol] Paxtasini keltirib, xirmondagi eng katta toʻpga toʻka boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

4. koʻchma Oqizmoq, oqizishga majbur etmoq (koʻz yoshi, qon, ter haqida).

  1. Koʻz yoshi toʻkmoq. Ter toʻkmasa — er emas, Qoʻl tegmasa — yer emas. Maqol

  2. Xon qurolsiz xalqning qonini toʻkib, zoʻrlik bilan isyonni bostirdi. J. Sharipov, Xorazm

5. koʻchma Yogʻdirmoq, sochmoq (yogʻdu, nur va shu kabilar haqida).

  1. Toʻlin oy sutdek yogʻdusini maktab sahni va tom tunukalariga ayovsiz toʻkar, bulbul esa hamon tinmay sayrar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  2. Rahmat, singlim, shu soʻz, shu boʻsa, Shu guldasta baridan afzal. Mehr mayingdan tutding lim kosa, Goʻyo toʻkding boshim uzra zar. Yo, Mirzo

6. koʻchma Dildagi bor narsani, bor-yoʻgʻini aytmoq, dildagini aytib, yurakni boʻshatmoq.

  1. [Xayrinisa] Bir zum jagʻi tinmas, ichida yigʻilganlarni birovga toʻkmasa tinchimas edi. Oybek, Ulugʻ yoʻl

  2. [Qurbon:] Biz yurakdagi dardimizni bir toʻkay deb kelsag-u, bergan javobing bu boʻlsa! Rahmat senga! O. Yoqubov, Aytsam, tilim kuyadi, aytmasam — dilim

  3. Oʻzbek oyim oʻgʻlining oʻlganning ustiga chiqib tepish qabilidan boʻlgan bu harakatidan tutuni koʻkka chiqib, borliq qahr-gʻazabini eri ustiga toʻkadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  4. Nizomjon chidamadi. Yuragida toʻlib-toshgan gaplarni uzil-kesil toʻkib solmoqchi boʻlib, qizni izlab, yana dalaga qarab ketdi. S. Ahmad, Ufq

toʻk soʻzi qatnashgan jumlalar:

Obroʻyini toʻkmoq

Ohorini toʻkmoq

Savlat toʻkmoq

Ter toʻkmoq

Qoʻr toʻkmoq


TOʻK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТЎК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
8330
So‘zning teskari yozilishi
kʻot
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

toʻk so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, toʻk so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+