Izoh.uz saytida toʻpla so‘zining izohi va ma’nolari

toʻpla

1. Bitta-bitta terib yoki supurib, sidirib, bir yerga yigʻmoq, toʻp, toʻda holga keltirmoq.

  1. Toʻkilgan olmalarni toʻplab qoʻydim. Qumni toʻplab qoʻy.

  2. [Yoʻlchi] Moʻljallagan miqdorini oʻrib boʻldi. Soʻng, uyum-uyum toʻplab, keng qulochiga siqqancha koʻtarib, boyning tashqarisiga tashimoqqa boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Olaxoʻja shoshilib, laganlardagi oshlarni bir laganga toʻpladi. Boshqalar qoʻllarini artishdi. P. Tursun, Oʻqituvchi

2. Yigʻib koʻpaytirmoq, qoʻr qilmoq, jamgʻarmoq.

  1. Mablagʻ toʻplamoq.

  2. Akbar pul toʻplab qachondir Hindistonga sayohat qilishni orzu qilardi, tilagiga yetdimikan? X. Sultonov, Onamning yurti

  3. Siz ham nafsga berilib, juda koʻp siym-u zar toʻplagansiz P. Qodirov, Yulduzli tunlar

3. Turli manbalardan olib, bir butun, yaxlit holga keltirmoq, yigʻmoq; tuzmoq, tartib etmoq.

  1. Kolleksiya toʻplamoq. Gerbariy toʻplamoq. Maʼlumot toʻplamoq. Dissertatsiya uchun material toʻplamoq. Navoiy sheʼrlarini toʻplamoq. Kolxoz chorvachilik sohasida katta tajriba toʻpladi.

4. Chaqirib, chorlab, bir yerga yigʻmoq, uyushtirmoq.

  1. Samarqand obidalaridek sanʼat asarlarining bunyod boʻlishiga homiylik qilgan, jahonga dongʻi ketgan odamlarni toʻp-lab, ularga sharoit yaratib bergan odam ezgulikni his qilmasligi mumkin emas. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

  2. Biz maktabda urushga ketganlarning rasmini toʻplayotgan edik. E. Raimov, Ajab qishloq

5. koʻchma Borini bir yerga yigʻmoq, yigʻishtirmoq (kuch, diqqat-eʼtibor va shu kabilarni).

  1. Hushini toʻplamoq. Butun irodasini toʻplamoq.

  2. — Nima? — shu vaqtgacha parishon turgan Huri fikrini toʻpladi. F. Musajonov, Nuri

  3. U butun kuchini toʻplab, daraxtga chirmasha boshladi. N. Safarov, Tilsimchilar

  4. [Yoʻlchi] Soʻnggi zarba uchun butun gʻazabini, kuchini, irodasini toʻpladi-da, bir qoʻlini yerga tirab, boshini yerdan uzdi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. Yuzaga keltirmoq, hosil qilmoq.

  1. Oʻq toʻplamoq.

  2. Ariqdan hatlab oʻtdi-da, qiygʻos hosil toʻplayotgan gʻoʻza tuplaridagi koʻsaklarni sanay boshladi. Gazetadan

  3. Togʻ bagʻirlarida asalarilarning moʻl va shifobaxsh asal toʻplashi uchun sharoit yetarli. Gazetadan


TOʻPLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТЎПЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
8422
So‘zning teskari yozilishi
alpʻot
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

toʻpla so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, toʻpla so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+