Izoh.uz saytida toʻsh so‘zining izohi va ma’nolari

toʻsh

1. Gavdaning boʻyin bilan qorin oʻrtasidagi old qismi; koʻkrak.

  1. Toʻshni toʻshga qoʻymoq.

  2. [Zebo] Oynaga qarab, oʻzini tuzatdi. Durrachasi bilan toʻshiga yopishgan koʻylagini sal koʻtarib yelpidi. Shuhrat, Shinelli yillar

  3. Bolam, deb bosayin toʻshima, Kelgin, bolam, chaqqon qoshima. Rustamxon

  4. Ayting, nima qilay?? Qizingizni toʻshiga tortgan nomard meni masxaralamaydimi? S. Ahmad, Hukm

2. Mol va qushlarning koʻkrak qismi, koʻkragi.

  1. Dala-tuzni suv olsa, qoʻngʻir gʻozning toʻshidan. Maqol

  2. Tagidagi qoʻngʻir ot qishloq koʻchasidan toʻshiga tuproq sachratib yoʻrtib boryapti. M. Mansurov, Yombi

3. Hayvon va parrandalarning koʻkrak oldi goʻshti, qovurgʻalardan qolgan qismi.

  1. Norinbop toʻsh. Tuzlangan qoʻy toʻshi.

  2. Afandi gʻozning toʻshini olib aytdi: — Men xizmatdagi qulman shu ham boʻladi. Latifalar

  3. Laganda samarqandcha mayiz palov boʻlib, osh ustiga toʻsh va qazi qoʻyilgan. A. Ubaydullayev, Hayot oqimi

4. koʻchma Biror narsaning koʻkrakka oʻxshash, koʻkrakka nisbatlanuvchi, koʻkrakli yeri; siyna, bagʻir.

  1. Ona tuproq toʻshiga inson qoʻli bilan ilk chigit donalari qadaldi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar

  2. Seni oʻrab olgan togʻlar toʻshiga Toʻlin oy yoymoqda kumush kokilin. Zulfiya

5. shv. Tengqur; doʻst, oʻrtoq.

  1. Yetimda ne qilar teng bilan toʻshlar. Ravshan

  2. Topib oʻynagil, ey bola, Oʻzingning teng-u toʻshingni. Tohir va Zuhra

toʻsh soʻzi qatnashgan jumlalar:

Toʻsh urmoq (yoki bermoq)

1. Toʻshini tekkizmoq, bagʻrini bermoq, qoʻymoq.
  1. Dilovar-xoʻja toʻsh berib yotgan yeridan irgʻib turdi. Shuhrat, Oltin zanglamas

  2. Toʻlqinga toʻsh urib qaldirgʻoch, Suv ustida etadi parvoz. E. Rahim

2. Biror yuksaklikka yetmoq, urinmoq.
  1. Bulutga toʻsh urgan yuksak togʻlar ham Buyuklikni sendan olar, onajon. M. Umarov


TOʻSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТЎШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
8529
So‘zning teskari yozilishi
hsʻot
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

toʻsh so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, toʻsh so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+