Izoh.uz saytida toʻxta so‘zining izohi va ma’nolari

toʻxta

1. Davom etmay qoʻymoq, davomdan qolmoq.

  1. Ish toʻxtadi. Gap toʻxtadi. Otishma toʻxtadi. Shamol toʻxtadi. Yomgʻir toʻxtadi. Suv toʻxtadi.

  2. Oyoq tovushi toʻxtab, narigi yoqdan usta Olimning tovushi keldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. Vujudini qaqshatib turgan tish ogʻrigʻi birdan toʻxtaganday, Sidiqjonning koʻzi yalt etib ochilib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  4. Toʻxtab qolgan, qovjiragan buloqlar Sharaq-sharaq yana qaynab chiqmishdir. Gʻayratiy

2. Oʻz ishini, harakatini, faoliyatini bas qilmoq, yurmay, ishlamay qoʻymoq.

  1. Soat toʻxtadi. Ventilyator toʻxtab qoldi.

  2. [Otabek] Ikki yildan beri toʻxtab qolgan savdogarchilik ishini qaytadan boshlamoqchi edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. Yoʻlchi sanqib yurib, anhor yoqasida toʻxtadi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Ish-faoliyat, harakatda uzilish qilmoq, toʻxtam hosil boʻlmoq.

  1. Elmurod otin-oyining doʻqi bilan yigʻidan toʻxtadi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  2. Sharofatxon, bir zum toʻxtab, atrofga qaradi, soʻng tovushini pasaytirib davom etdi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. Orada yotsirashga oʻxshash bir hol, nima uchundir bir soʻzlab, ikki toʻxtar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

4. Safarda, yoʻlda biror yerga qoʻnmoq, tushmoq; qoʻngan, tushgan, borgan yerida maʼlum vaqt boʻlmoq, turmoq.

  1. Batalon yarim kechada xaroba bir qishloqqa kelib toʻxtadi. Oybek, Quyosh qoraymas

  2. U [Otabek] Margʻilonda koʻp toʻxtamas, bir kun, uzoqqa tor-tilsa, ikki-uch kun turib qaytar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

5. Turib qolmoq, saqlanmoq.

  1. Uning qoʻlida pul hech toʻxtamaydi. Kerakli mol magazinda toʻxtab qolmaydi. Suv qattiq yerda toʻxtar. Maqol

6. Qaror qilmoq, qarorga, toʻxtamga kelmoq.

  1. Shunday qilib nimaga toʻxtadinglar?

  2. Biz shu yerdagi ogʻaynilar bilan kengashib, bir gapga toʻxtab qoʻydik. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

7. koʻchma Ogʻizga, tilga olib oʻtmoq, toʻxtalmoq.

  1. Men bir masala ustida mufassal toʻxtamoqchiman.

  2. Lekin, oʻrtoqlar, men ham qisqacha toʻxtab oʻtmasam, tars yorilib ketaman. A. Qahhor, Toʻy

  3. Roʻznomadagi asosiy dokladlar ustida soʻzlagan notiqlar koʻproq ijodiy masalalar ustida toʻxtadilar. N. Safarov, Olovli izlar

8. maxs. Homilador boʻlmoq, qochmoq (chorva mollari haqida).

9. Sabr qilmoq, kutmoq.

  1. Mayli, yana bir-ikki kun toʻxtab turing!

  2. — Toʻxtang boʻlmasa, — dedi, — men bir ish qilayki ammo shu daqiqadan boshlab ixtiyoringizni menga topshiring! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar


TOʻXTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТЎХТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
8553
So‘zning teskari yozilishi
atxʻot
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

toʻxta so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, toʻxta so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+