Izoh.uz saytida tovush so‘zining izohi va ma’nolari

tovush

1. Gapirish, kuylash, qichqirish, yigʻlash va shu kabilar vaqtida yuzaga keladigan va eshitish aʼzolari qabul qilib oladigan hodisa; ovoz, sado, sas.

  1. Mungli tovush. Yigʻi tovushi. Shamolli kun qichqir-ma, tovushing zoye ketadi. Maqol

  2. Qoraygan tom boʻgʻotlarida qoʻnoqlayotgan chumchuqlar quloqni teshguday tovush bilan chirqillashadi. Machit tomondan soʻniq azon tovushi eshitiladi. P. Tursun, Oʻqituvchi

  3. Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  4. Bemor Bakirov, ukol! degan tovushdan uygʻonib ketdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik

  5. Qani, ho, yigitlar! Ishga! Ishga, azamatlar! degan tovush eshitildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

  6. — Olimxon aka, — dedi yalingan tovush bilan Tanti, — Salim oʻz dadasi bilan hazillashmoqchi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. Maʼlum sifatlarga ega boʻlgan ovoz.

  1. Baland tovush. Musiqiy tovush.

  2. Odamlar jonlandi. Baʼzilari chindan, baʼzilari esa hazil-mutoyiba bilan Oxunning tovushini maqtashdi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Mexanik tebranishlar natijasida yuzaga keladigan va quloq eshitadigan har qanday ovoz, sado.

  1. Oyoq tovushi. Tasir-tusur oʻq tovushi. Gudok tovushi. Karnay-surnay tovushi.

4. Shovqin; shovqin-suron.

  1. [Mulladoʻst:] Eshityapsizmi? [Qozi:] Ha, juda hayronman, nima tovushlar? Boshim qotdi, aqlim yoʻq! Hamza, Maysaraning ishi

  2. [Mamat Xolisxonga:]

  3. Tovush qilma, oʻlasan! Mana shu chu-qur sening uchun qazildi. Hamza, Paranji sirlari

5. fiz. Havo yoki boshqa bir muhit zarralarining toʻlqinsimon tebranma harakatlari.

  1. Quloq eshitmaydigan tovushlar. Tovush tezligi. Tovush nazariyasi.

6. tlsh. Nutq aʼzolari artikulyatsiyasi bilan hosil boʻladigan eng kichik til birligi.

7. mus. Musiqaning ifoda kuchiga ega eng kichik tarkibiy qismi.

8. koʻchma Kam qoʻll. Saylovlarda yoki biror masalani hal etishda oʻz fikrini bildirish huquqi va usuli; ovoz.

  1. Mulla Obid bir tovushdan, ammo Usmon polvon ikki qarshi bilan kolxoz idorasiga saylanib oʻtadilar. A. Qodiriy, Obid ketmon

tovush soʻzi qatnashgan jumlalar:

Bor tovush(i) bilan yoki tovushi boricha, tovushini baralla qoʻyib

Ovozi boricha, eng qattiq, baland ovozi bilan.
  1. Bor tovushi bilan qichqirmoq.

  2. Mutal tovushini baralla qoʻyib soʻzlar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

Tovush bermoq

Tovush chiqarib, oʻzini, borligini bildirmoq.
  1. Men boshda indamay biqinib turdim, keyin tovush berdim. Oydin, Doʻndiqdan ham yosh ekan

Tovush chiqarmoq

1. Ovozini eshittirib gapirmoq (oʻqimoq va shu kabilar)
  1. Xatni tovush chiqarib oʻqimoq.

  2. Chol oʻtirgan yerida tovush chiqardi: — Oʻrtoq Nurmatovning oʻzlari aytsinlar! A. Qahhor, Munofiq

2. Indamoq, biror narsa demoq, gapirmoq.
  1. Said Jalolxon tovush chiqarmay, uning yoniga borib oʻtirdi. A. Qahhor, Bashorat

Tovushing oʻchgur

qargʻ. Oʻlgur.
  1. Xotin yigʻlaguday boʻlib, tash-qariga chiqdi, yana kirdi, yana chiqdi Qani endi, bu tovushing oʻchgur bola yupansa\ A. Qahhor, Xi-xi

Tovushingni oʻchir

Jim boʻl.
  1. — Jim! — mushtini koʻtardi Yormat. — Tovushingni oʻchir, xudo hammaga aql ulashgan-da, sen qay goʻrda eding! Oybek, Tanlangan asarlar


TOVUSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТОВУШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
8842
So‘zning teskari yozilishi
hsuvot
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
2
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tovush so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tovush so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+