Izoh.uz saytida tugʻ so‘zining izohi va ma’nolari

tugʻ

1. Boʻyida, qornida boʻlgan bolani, oy-kuni yetgach, dunyoga keltirmoq.

  1. Ust-ustiga egizak tugʻmoq. Xotini oʻn yil mobaynida ikki qiz, bir oʻgʻil tugʻdi.

  2. Gʻanijonning xotini tugʻmay yurib-yurib, birdaniga qoʻchqorday oʻgʻil tugʻib berdi. A. Qahhor, Asarlar

  3. Gulsumbibi qizini nari itardi peshonasiga urib yigʻladi: — Koshki oʻlsam! Koshki ajal kela qolsa! Kuydirding, nega tugʻdim seni? Oybek, Tanlangan asarlar

2. Bolalamoq (hayvonlar haqida).

  1. Sigir ikkita tugʻibdi. Qoʻy tugʻibdi.

  2. Oqposhshoning ovchi itlaridan yana bittasi tugʻibdi — suyunchi yigʻiladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

3. shv. Tuxum qilmoq.

  1. Tavba, tovuqdan ahmoq jonivor yoʻq — moyak qoʻysang, tugʻadi. A. Qahhor, Asarlar

4. koʻchma s. t. Foyda keltirmoq; koʻpaymoq.

  1. Voy nodon odamlar! Bilishmaydiki, pul bolalab turadi, indamasdan tugʻadi, chaqaloqlari ingʻalamaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

tugʻ soʻzi qatnashgan jumlalar:

Ikkitani (yoki toʻrttani) tugʻmoq

s. t. Kimsani kutib, ortiq xavotir boʻlmoq.
  1. Sen kelguncha, toʻrttani tugʻdim.

Kun(i) tugʻdi

Kimsaning koʻnglidagi ishini, kutganini qilishi mumkin boʻlgan kun, payt, sharoit keldi.
  1. Qor yogʻib, changʻichilarning kuni tugʻdi.

  2. Yoz ham oʻtdi, kuz ham keldi, qishloq chorbozorchilarining kuni tugʻdi. S. Abdulla, Mavlaviy Mirsidiqning ijodlari

Oy tugʻdi

1. Yangi oy boshlandi.
  1. Oy tugʻib, moʻljal yaqin yetdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

2. Yangi oy koʻrindi.
  1. Qibla betdan bir oy tugʻib keladi, Oyning girdin toʻrtta yulduz oladi. Alpomish


TUGʻ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТУҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
8992
So‘zning teskari yozilishi
ʻgut
Harflar soni
4
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tugʻ so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tugʻ so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+