Izoh.uz saytida tuman so‘zining izohi va ma’nolari

tuman

1. Atmosferaning quyi qatlamlarida yuzaga keladigan mayda suv yoki muz zarralari.

  1. Quyuq tuman. Tonggi tuman.

  2. Havo tuman boʻlganidan oʻrmon koʻzga koʻrinmas edi. M. Muhamedov, Qahramon izidan

  3. Sal oʻtmay soylikni oqish harir tuman qopladi. O. Yoqubov, Izlayman

  4. Roʻparada past-baland choʻqqilarini osmonga turtib, koʻkish tuman pardasiga burkangan Chotqol togʻlari. P. Tursun, Oʻqituvchi

2. koʻchma Tumanga oʻxshash, xira, nimqorongʻi holat.

  1. Bahorning fikri bulut bosgan osmonday qorongʻilashdi-yu, koʻz oldini tuman chulgʻadi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin

1. esk. Oʻn ming.

  1. Birniki mingga, mingniki tumanga. Maqol

2. Nihoyatda koʻp, sanogʻiga yetib boʻlmaydigan, tumonat.

  1. Salomatlik — tuman boylik. Maqol

  2. Biz uchun eng avvalo tuman boyliklar yaratishga qodir boʻlgan odamlarning salomatligi kerak. Gazetadan

3. tar. Tilla barobarida oʻn ming soʻm.

  1. [Sohib Doro:] Xalifamiz oʻtgan kuni devon qurib, vazirlari va beklaridan ikki tuman aqcha topib bermoqni talab etibdurlar. M. Osim, Zulmat ichra nur

4. tar. Markaziy Osiyo va Xurosonda: oʻn ming otlikdan iborat askariy qism, diviziya.

  1. Men., bir tuman birla gʻanimning oʻng qoʻlidan orqasiga oʻtib oldim. M. Osim, Oʻtror

  2. Turgin, ota, qara, naq tuman Dushman kelar sarhadma-sarhad. X. Davron, Bolalikning ovozi

1. tar. Sharqda, jumladan, Oʻzbekistonda 20-asr 20-yillarigacha maʼmuriy-hududiy boʻlinish; uyezd;

  1. Shu oʻttiz chaqirimlik ariq qazilib bitganda, Namangan va Andijon tumanlaridan ikki ming botmongacha yer sugʻorilar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

  2. Mardon asli Sherobod tumaniga qaraimi bir qishloqlik yigit. M. Osim, Elchilar

2. Oʻzbekistonda: viloyat, shahar hududida ularning tarkibiy qismi boʻlgan maʼmuriy-hududiy boʻlinma.

  1. Fargʻona viloyatining Oltiariq tumani. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani.

  2. Bu haqda hikoya qilishni tumandagi oilalardan boshladik. Gazetadan

shv. Tuban, quyi.

tuman soʻzi qatnashgan jumlalar:

Yuzi tuman boʻlmoq

Uyatga qolmoq, sharmanda boʻlmoq.
  1. Mahrami-man kelib qizing koʻrmaymi? Siyosatman kelib tortib olmaymi? Undan keyin yuzing tuman boʻlmaymi? Alpomish

Yuzini tuman qilmoq

Uyatga qoldirmoq, sharmanda qilmoq.
  1. Sen eshitgin menday mardning soʻzini, Tuman qipsan bek otangning yuzini. Alpomish

Eronda 1932 yilga qadar muomalada boʻlgan pul birligi.


TUMAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТУМАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
9047
So‘zning teskari yozilishi
namut
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tuman so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tuman so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+