Izoh.uz saytida tuproq so‘zining izohi va ma’nolari

tuproq

1. Yerning kovlash, chopish, haydash, ezilish va shu kabilar natijasida hosil boʻlgan yumshoq qismi, qatlami.

  1. Bir hovuch tuproq. Tuproq uyumi. Oʻrani tuproq bilan koʻmib tashlamoq. Tuproq olsang, oltin boʻlsin. Maqol

  2. Chuqurliklardan irgʻitilayotgan tuproq okoplarning chap qirgʻoqlarida togʻ boʻlib koʻtarilmoqda. I. Rahim, Chin muhabbat

  3. Boʻsagʻani toʻrt enlik tuproq qoplagan. S. Siyoyev, Yorugʻlik

2. Yer qobigʻining oʻsimlik rizq olib oʻsadigan ustki qatlami; yer.

  1. Qora tuproq. Qumloq tuproq. Tuproq xaritasi. Tuproq-iqlim sharoiti.

  2. Mirzachoʻlning tuprogʻi Boʻlar yoshlikning bogʻi, Toshar sevgi bulogʻi, Toʻldirib dil jomimni. Yo, Mirzo

  3. Sharoitga qarab paykallarga chigit suvi berilmapti, chunki tuproq qatlamida nam ancha kamayib qoldi. Gazetadan

  4. Tuproq — hosilning negizi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining tabiiy shart-sharoitlaridan va yagona vositalaridan biri. Fan va turmush

3. Oʻlgan kishining xoki; xok.

  1. [Qurbon ota:] Bir siqim tuprogʻim begona yurtda qolib ketmasa ekan, degan oʻyga bordi. A. Qahhor, Toʻy

4. koʻchma Maʼlum yurt, oʻlka, mamlakatga qarashli hudud.

  1. Hozirgi Oʻzbekiston tup-rogʻida yashagan qadimgi xalqlar oʻzlarining mustaqil, boy madaniyatlariga ega boʻlganlar. K. Yashin, Hamza

  2. Ular endi Movarounnahr tuprogʻida edilar. Bu roʻyi zamin dunyodagi eng goʻzal va eng muqaddas mamlakat edi. Mirmuhsin, Meʼmor

tuproq soʻzi qatnashgan jumlalar:

(Bu yerning) tuprogʻi ogʻir

Bu yerni tashlab ketish oson emas, bu yerni tashlab ketishga hech kimning koʻzi qiymaydi.

Tuproq bilan teng qilmoq

Juda pastga urmoq, qadr-qimmatini yerga urmoq.
  1. Men hali kelib-kelib odamgarchilikni, diyonatni, nomusni tuproq bilan teng qilgan sizday razil, xotinfurush, qoʻshmachilar oldida shunchalik past tushdimmi?! Hamza, Boy ila xizmatchi

  2. Qoʻshni xalqlarga bosqinlar uyushtirdi, oʻzga yurtlarni vayron etdi; oʻsha xalqlarning asrlar davomida vujudga keltirgan madaniy boyliklarini tuproq bilan teng qildi. S. Karomatov, Oltin qum

Tuproqdan tashqari

Oʻlmay, hayot holda.
  1. Yaralarimning hammasi ham uncha ogʻir emas, mana, tuproqdan tashqari yuribman. Sharq yulduzi

Tuproqqa topshirmoq

Dafn etmoq, qabrga qoʻymoq.
  1. Oʻgʻli Shodmonbekning Fargʻona jangidan qaytmagani, uni oʻz qoʻli bilan tuproqqa topshirgan Nizomiddinning ham tuproqqa qoʻshilib ketgani yomon iz qoldirgan bu ustalar xonadonida anchadan buyon xafaqonlik, motamsarolik hukm surardi. Mirmuhsin, Meʼmor

Tuprogʻi sovimasdan

Vafot etganiga koʻp vaqt boʻlmay.
  1. Qanday ota u? Oyimning tuprogʻi sovimasdan choʻri qizga uylanadimi? Oybek, Tanlangan asarlar

Tuprogʻi tortmoq

Tugʻilib oʻsgan (oʻz) joyi undamoq, jalb qilmoq.
  1. Bu ishlar — xudoning ishi, xaloyiq, Yo tuprogʻim, non-nasibam tortgandi, Elni yigʻing, yuring, jovliq ketamiz. Yusuf va Ahmad

Tuprogʻi shu yerdan olingan

Asli shu yerning odami, shu yerning oʻziniki degan maʼnoni qayd etadi.
  1. — Doʻsmatov oʻzimizniki, — dedi Sotvoldi, — Doʻsmatovning tuprogʻi shu yerdan olingan. Hech qayoqqa ketolmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi

Tuprogʻini yalamoq

Maʼlum joy, hududda koʻp yillar muqim boʻlmoq.
  1. Xalqimning zulmatli kechasida loaqal jinchiroq boʻlarmikanman, deb Madrasa tuprogʻini olti yildan beri yalab keldim. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha


TUPROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ТУПРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
9091
So‘zning teskari yozilishi
qorput
Harflar soni
6
Ko‘rishlar soni
0
Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

tuproq so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, tuproq so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

tvinfo.uz

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

ismlar.com

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

lotin.uz

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

maqollar.uz

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

latifa.uz

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

onmap.uz

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

uztelegram.com

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

sarlavha.com

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 736 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2025
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+